TUMAN OGʻO BEGIM

TUMAN OGʻO BEGIM (1366?) Amir Temurning suyukli xotinlaridan biri. Saroymulkxonimnint akasi amir Musoning Orzumulk ogʻodan tugʻilgan qizi. 1378-y. da 12 yoshida Amir Temurga nikoh qilingan. Tuman ogʻo begim husnda benazir boʻlgan. Amir Temur ushbu zavjasini behad hurmat kilgan va uning sharafiga Samarqandda maxsus «Bogʻi behisht» ni barpo etgan. Amir Temurning bir qator yurishlarida Tuman ogʻo begim Saroymulkxonim va b. malikalar qatori oʻgʻruq (oboz) da yurgan. Sohibqiron vafotidan soʻng taxtni qoʻlga kiritgan Xalil Sulpgon 1406-y. da amir Shayx Nuriddin bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchrab, sulhga muvofiq Tuman ogʻo begimni amir Shayx Nuriddinga xotinlikka berishdan oʻzga chora topolmaydi. 1411-y. da amir Shayx Nuriddin amir Shohmalik koʻrsatmasiga binoan oʻldirilgach, Tuman ogʻo begimni Hirotga joʻnatishadi.

Tuman ogʻo begimning Amir Temurdan farzand koʻrgan yoki koʻrmaganligi xususida manbalarda maʼlumot uchramaydi.

Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, Tuman ogʻo begim, 1966; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, Tuman ogʻo begim, 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x