TIRKAMA

TIRKAMA — dvigatelsiz gʻaldirakli transport vositasi. Dvigatelli transport vositasi (avtomobil, traktor)ga tirkab ishlatiladi (nomi shundan). Oddiy va maxsus, bir, ikki va koʻp oʻqli turlari boʻladi. Oddiy 2 oʻkdi Tirkama berk kuzov yoki bortli platforma bilan jihozlanadi. Maxsus Tirkamaga muayyan yukni (mas., paxtani) tashish uchun moslashtirilgan kuzov oʻrnatiladi. Uzun yuklar (trubalar, taxtalar va b.) uchun maxsus 2 gʻildirakli (bir oʻqli) Tirkama ulamadan foydalaniladi. Bunday Tirkama shatakchi mashinaga yukning oʻzi orqali tutashtiriladi. Tirkamaga turli jihozlar (mas., kompressor styalar)ni oʻrnatish ham mumkin. Oddiy bir oʻqli Tirkamaning yuk koʻtaruvchanligi 2 t dan, ikki oʻqliniki 8 t dan oshmaydi; boʻlinmaydigan yirik yuklarni tashish uchun moʻljallangan Tirkama niki —20—25 t. T. larning barchasi yeʻritish asboblari, gabarit chiroklari, tanish belgilari bilan taʼminlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x