UVILDIRIQ

UVILDIRIQ — mollyuskalar, ignaterililar, suyakli balikdar, suvda va quruklikda yashovchilar va b. ning suvga tashlaydigan tuxumlari. Uvildiriq suv tubiga yoki suv kaʼriga tashlanadi. Suv tubiga tashlanadigan Uvildiriq suvdan ogʻirroq yoki yopishqoq boʻladi. Baliklar bunday Uvildiriqni suv ostidagi narsalarga va oʻsimliklarga yopishtirib yoki suv ostiga koʻmib qoʻyadi. Suv qaʼriga tashlanadigan Uvildiriq suvdan yengil boʻlganidan suvda qalqib turadi. Uvildiriq oʻlchami 0,6 mm dan (qum baliqda) 7,0 mm gacha (ayrim losossimonlarda). Uvildiriq soni bir necha oʻndan yuz va mln. gacha (oybaliq) boʻladi. Dengiz tipratikanlari, suvda va quruklikda yashovchilar uvildirigʻi klassik tadqiqot obyekti. Koʻpchilik ignaterililar (dengiz bodringlari, tipratikanlari va b.) uvildirigʻi isteʼmol qilinadi. Tuzlangan va konservalangan osyotrsimonlar hamda losossimonlar uvildirigʻi tansiq taom hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x