UBAYDULLAYEV Abdulla Muharramovich

UBAYDULLAYEV Abdulla Muharramovich (1934.20.3, Toshkent) — pulmonolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi (1998), tibbiyot fanlari d-ri (1974), prof. (1979). ToshTIni tugatgach (1958), Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida klinik ordinator (1958 — 60), aspirant (1961 — 64), assistent (1964—65), dotsent (196670), terapiya fti dekani (1974 — 86), pulmonologiya va klinik allergologiya kafedrasi mudiri (1978-y. dan), 1986-y. dan Ftiziatriya va pulmonologiya i. t. instituti direktori. Oʻzbekistonda pulmonologlar maktabi asoschisi.

Ilmiy faoliyati Oʻzbekistonda nafas aʼzolari kasalliklarining epidemiologiyasi, bronxial astma va oʻpka surunkali obstruktiv kasalliklarining genetik omillarini oʻrganish, sil kasalligini erta aniqlash, yondosh kasalliklar bilan kechuvchi silning patogenezi, silga qarshi doridarmonlarning nojoʻya taʼsirini nazarda tutib, bezarar usullardan foydalangan holda kompleks davolashning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga oid.

Oʻzbekiston ftiziatrlar va pulmonologlar ilmiy jamiyati raisi (1986-y. dan), Yevropa respirator jamiyati hamda Xalqaro sil va oʻpka kasalliklariga qarshi kurash ittifoqi aʼzosi (Parij). «Interastma Rossiya — MDH jamiyati» boshkaruv aʼzosi (Moskva), Markaziy Osiyo pulmonologlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti. «Vestnik» — Markaziy Osiyo pulmonologlar assotsiatsiyasi jurnali bosh muharriri (1994).

As: Funksionalnыye metodы diagnostiki v pulmonologii (v soavtorstve), T., 1997; Oʻpka sarkoidozi (hamkorlikda), T., 2000; Bronxialnaya astma (v soavtorstve), T., 2001; Nafas organlari kasalliklari, T., 2004.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x