TEXNOKRATIYA

TEXNOKRATIYA (yun. techne sanʼat, hunar, mahorat va…kratiya) — 1) ijtimoiy tafakkurdagi oqim, unga koʻra, jamiyat butunlay ilmiy-texnika tafakkuri prinsiplari bilan boshqarilishi mumkin; texniklar, muhandislar va olimlar (texnokratlar) ilmiy-texnika tafakkurining namoyandalari boʻlib, korxonalar va umuman jamiyatdagi barcha hokimiyat tadbirkorlar va siyosatchilardan ularga utishi kerak. Texnokratik konsepsiyalar hoz. ijtimoiy ishlab chiqarish. da fan va mutaxassislar mavqeining oshib borayotganligini aks ettiradi. Texnokratiyaning barcha koʻrinishlariga xos boʻlgan belgi ijtimoiy jarayonlarni texnika va b. tor ixtisoslashgan mezonlar asosida boshqarishga eʼtiborni kuchaytirib, siyosatning qadriyatlietik oʻlchovlariga kam ahamiyat berishdir;

2) monopoliyalashtirilgan ishlab chiqarish. va davlat apparatining yuqori mulozimlari — mutaxassislar qatlamini bildiradi;

3) 20-a. ning 30-y. larida AQSHda vujudga kelgan ijtimoiy harakat. U milliy miqyosda ishlab chiqarish. ni ilmiy rejalashtirish natijasida sanoat toʻntarishi yordami bilan umumiy farovonlikka erishishni maqsad qilib qoʻygan (rahbarlari G. Loeb, G. Skot). Harakat 40-y. lar boshida barbod boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x