SHARGʻUN KOʻMIR KONI

SHARGʻUN KOʻMIR KONISurxondaryo viloyatidagi kon. Hisor togʻ tizmasining jan. gʻarbiy tarmogʻida joylashgan. 1941-yilda ochilgan. Shargʻun koʻmir koni quyi va oʻrta yura davriga mansub koʻmirli yotqiziqlar ichida topilgan. Qora Machitli antiklinalining jan. qanotida. Bu strukturaning oʻzak qismi tokembriy gneys va slaneslari hamda quyi paleozoy qumtoshli slaneslaridan tarkib topgan. Ular ordovik, silur, devon va karbon davrlariga oid terrigen va karbonatli yotqiziqlar bilan qoplangan. Quyi hamda oʻrta yura yotqiziqlari koʻmirga boy. Koʻmir yotqiziqlarining umumiy qalinligi 26 m. Koʻmir qatlami (baʼzi bir joylari uzlukli) Guliob soyidan Obizarang soyigacha — gʻarbdan sharqqa 10 km ga choʻzilgan. Shargʻun koʻmir koni eng yirik qatlamining qalinligi 12,5 m; qatlamlarning oʻrtacha qalinligi 4,6 m. Koʻmir qatlamining pastki qismi yupqa argillit va alevrolit togʻ jinslaridan tarkib topgan. Foydali qatlamlar tarkibida 5% gacha neft bitumlari boʻlgan turli xil petrografik tipdagi koʻmirdan iborat. Shargʻun koʻmir konida koʻmir qatlamining yotish burchagi boʻylab tektonik harakatlar sodir boʻlishi natijasida koʻp miqdorda maydalangan koʻmir uchraydi. Shargʻun koʻmirining yonish quvvati 5690—7302 kkal/kg; oʻz-oʻzidan yonmaydi, hajmi 1,35 t/m3, qattiqlik jihatidan 2sinfga mansub. Kulining oʻrtacha miqdori 16,95% (5,3% dan 23,2% gacha). Oltingugurti kam (oʻrtacha 0,02%)ni tashkil etadi. Shargʻun koʻmiri — toshkoʻmir boʻlsa ham maydaroq va yumshoqroq, yengil tozalanadi, fkada briketlanib, isteʼmolchilarga yuboriladi. Shargʻun koʻmir konining zaxirasi 36 mln. t. Yiliga 50 ming t koʻmir qazib olinadi. Shargʻun koʻmiri karbid olish uchun xom ashyo hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x