SINF

SINF (biologiyada) — sistematikada yirik taksonomik kategoriyalardan biri. Sinf oʻzaro qarindosh turkumlar (hayvonlar) yoki tartiblarni (oʻsimliklar) birlashtiradi. Mas, kemiruvchilar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, yirtqichlar, primatlar turkumlari sut emizuvchilar S. ni tashkil etadi. Umumiy tuzilishga ega boʻlgan va bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan Sinf bir tip (hayvonlar) yoki boʻlimga (oʻsimliklar) kiritiladi, mas, sut emizuvchilar, qushlar, yeudralib yuruvchilar va b. S. xordalilar tipiga, ikki urugʻpallalilar va bir urugʻpallalilar Sinfi yopiq urugʻlilar boʻlimiga kiradi. Sinf tushunchasini fransuz botanigi Turnifor 17-a. oxirida taklif etgan; keyinchalik K. Linneyning «Tabiat sistemasi»da Sinf eng yuqori sistematik kategoriya sifatida asoslab berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x