“Tekis yoʻl mohir haydovchini yetishtirib bermaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Imom Avzoiy rahimahulloh bunday deganlar: «Umar ibn Abdulaziz bizga maktub yozdi. U maktubni faqat men va Makhul yodlab oldik. Unda shunday deyilgan:

«Ammo baʼd. Kim oʻlimni eslashni koʻpaytirsa, dunyodan ozgina narsaga rozi boʻladi. Kim gapini amalidan deb hisoblasa, gapi ozayib, faqat foydasi bor narsalar xususida gapiradigan boʻladi. Vassalom». 

***** 

Harom haromligicha qoladi, garchi hamma uni qilayotgan boʻlsa ham. Hech qachon halol ishdan toʻxtamagin, garchi uni bir oʻzing qilayotgan boʻlsang ham. 

***** 

Duo hech qachon quruq ketmaydi:

  • yo ijobat boʻladi;
  • yo u sababli bir yomonlik qaytariladi;
  • yoki zaxira ajr boʻladi.

 *****

Allohning zikri bilan tili nam boʻlgan banda, dili band boʻlgan banda zinhor va zinhor yomonlikka qoʻl urmaydi!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh 

***** 

Ali roziyallohu anhu: “Dunyo va oxirat mashriq bilan magʻrib kabidir. Agar ulardan biriga yaqinlashsang, boshqasidan uzoqlashasan” dedilar.

 “Robiyʼul abror”

***** 

Qancha koʻp gapirsang, shuncha koʻp xato qilaverasan. Ammo Allohni qancha koʻp zikr qilsang, gunohlaring ham shuncha koʻp oʻchirilaveradi.

 ***** 

Kim bir yolgʻon gapni gapirsa, u juda ulkan jinoyatni amalga oshiribdi. U endi shu bitta yolgʻonini himoya qilish, yashirish uchun yana yigirmata yolgʻon gap ishlatadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

***** 

Tekis yoʻl mohir haydovchini yetishtirib bermaydi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

***** 

Ota degani faqat farzandning dunyoga kelishiga sabab boʻlishning oʻzini anglatmaydi. Bu ishni boshqa jonzotlar ham qila oladi. Lekin ota oʻsha farzandlarga gʻamxoʻrlik qilish, ularni yaxshilab tarbiya etishni ham anglatadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

***** 

Haq – botilni rivojlantirishga oʻrganib qolgan kimsalarni bezovta qiladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

***** 

Yaxshi nomga ega boʻlish uchun 20 yil kerak boʻlsa, shu nomni bulgʻash uchun 5 daqiqa yetarli.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

***** 

Madaniyatli, ziyoli boʻlishdan oldin hurmat qiluvchi boʻling! Chunki hurmat qilish madaniyatning yarmidir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/tekis-yol-mohir-haydovchini-etishtirib-bermaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x