“Qanday ish qilgan boʻlsang ham, uning mukofot yoki jazosini olasan”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Uyingning hajmi har qancha katta boʻlsa ham, mashinang har qancha yangi boʻlsa ham, bankdagi hisob raqamingdagi puling har qancha koʻp boʻlsa ham, qabrlarimiz doimo bir xil uzunlikda va bir xil kenglikda qilib kavlanadi. Shunday ekan, TAVOZEʼLI BOʻL!

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Buyuk tobein Maymun ibn Mehron rahimahulloh: “Men sadaqa qilaman va molimning ziyoda boʻlganini koʻraman” dedilar. Bu gapni eshitgan doʻstlari ham sadaqa qildi va Maymun ibn Mehronga: “Men ham sadaqa qildim. Ammo molim kamayganini koʻrdim” dedi. Shunda buyuk tobein “Men Robbimning marhamatiga kuchli ishonch bilan sadaqa qilaman. Sen esa tajriba qilib koʻrish uchun sadaqa bergansan” dedilar.

*****

Eng ogʻir xiyonat – dushmaning senga xiyonat qilishi emas, balki qalbing kalitlarini topshirgan yaqin insoningning senga qilgan xiyonatidir.

“Hikmat durdonalari”

*****

Doʻstning xiyonati qilichning mingta zarbasidan ogʻirroqdir.

“Hikmat durdonalari”

*****

Jamiyatimizda bir shaxsning yaxshiliklari esga olinsa, hamma jim turadi. Lekin oʻsha shaxsning bitta yomonligi eslansa, bu gapga hamma sherik boʻladi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Siz bir gapni qabul qilishingiz kerak: hamma ham sizga baxtiyor hayot tilayvermaydi. Baʼzilar sizni yiqitish uchun qulay fursatni kutib yashaydi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Odamlarni poylama. Ularning xato qilishlarini kutma. Pardalarini yirtma. Josuslik qilma. Uning oʻrniga oʻzing bilan mashgʻul boʻl. Nafsingni isloh qil. Chunki oxiratda oʻzing haqingda soʻralasan, ular haqida emas. Ular ham sen haqingda soʻralmaydilar.

“Hikmat durdonalari”

*****

Aql umrga qiyos qilinmaydi. Qanchadan-qancha kichik bolalar bor, agar gapirsalar, kattalar ham jim turib quloq soladi. Qanchadan-qancha katta odamlar bor, agar gapirsalar, kichiklar ham kulib oʻtiradi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Kimga toʻrt narsa berilgan boʻlsa, toʻrt narsadan mahrum boʻlmaydi:

Kimga shukr berilgan boʻlsa, neʼmatning ziyoda boʻlishidan mahrum boʻlmaydi.

Kimga tavba berilgan boʻlsa, uning qabul boʻlishidan mahrum boʻlmaydi.

Kimga istixora berilgan boʻlsa, yaxshi ishga yoʻllanishdan mahrum boʻlmaydi.

Kimga maslahat qilish neʼmati berilgan boʻlsa, toʻgʻri ish qilishdan mahrum boʻlmaydi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Oʻch olishning eng afzal koʻrinishi – baxtli boʻlib yashashingdir. Seni baxtli holda koʻrishdan koʻra yomonlik qilganlarning mazasini qochiradigan narsa yoʻq.

“Hikmat durdonalari”

*****

“Qanday ish qilgan boʻlsang ham, uning mukofot yoki jazosini olasan”

Bu zolimlarni qoʻrqitadigan, mazlumlarni esa xursand qiladigan gapdir.

“Hikmat durdonalari”

*****

Koʻzi ojiz odam daryodan suv ichgani yoʻlga chiqdi. Atrof qorongʻu edi. U qoʻlida chiroq koʻtarib olgandi. Yoʻlovchilardan biri undan “Nega chiroq koʻtarib oldingiz. Axir siz baribir koʻrmaysiz-ku?!” deb soʻradi. Shunda u: “Koʻzi koʻradiganlar menga urilib ketmasliklari uchun chiroq koʻtarib oldim” deya javob berdi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/qanday-ish-qilgan-bolsang-ham-uning-mukofot-yoki-jazosini-olasan/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x