TBILISI

TBILISI (1936-y. gacha ruscha transkripsiyasida — Tiflis) — Gruziya poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markazlardan biri, transport tuguni. Tbilisi soyligida, Kura daryosining har ikkala sohilida, 406 — 522 m balandlikda joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha trasi 0,5°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 510 mm. Mayd. 348,6 km2. Aholisi 1280 ming kishi |(2002-y. ; shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan birga — 1,5 mln. kishiga yaqin)]. T. 8 tumanga boʻlingan.

Tbilisi soʻzi iliq suvli buloklar nomi (gruzincha «tbili» — iliq)dan olingan. Tbilisi shaharqalʼa sifatida ilk bor yilnomalarda 4-a. dan tilga olinadi. Podsho Vaxtang I Gorgasal davri (452—502)da T. Sharqiy Gruziyaning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylangan. Vaxtang I ning oʻgʻli Dachi shahar devorlarini qurishni tugatib (6-a. boshi), poytaxtni Msxetadan Tbilisiga koʻchirdi va uni Sharqiy Gruziya davlati boʻlmish Kartlining poytaxtiga aylantirdi. 7—11-a. larda Tbilisi arablar, xazarlar, forelar, turksaljoʻqlar hujumiga duchor boʻlgan, 8-a. 30y. laridan arab amirligining qarorgohi. Gruziyada David Binokor podsholigi davrida Tbilisi ozod qilinib (1122), birlashgan gruzin davlatining poytaxtiga aylantirilgan. 12 — 13-a. larda T. Yaqin Sharqning eng yirik savdohunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri. 13—18-a. larda Tbilisi turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. 1801-y. Sharqiy Gruziya Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingach, T. Gruziya gubernyasining maʼmuriy markazi va Kavkazdagi rus qoʻshinlari bosh qoʻmondonining, 1845-y. dan esa Rossiya podshosining Kavkazdagi noibi qarorgohi boʻlib qoldi. 19-a. ning 2yarmidan Zakavkazyeda t. y. qurilishi boshlanishi bilan Tbilisida sanoat korxonalari qurilishi tezlashdi. Koʻnteri zdlari, tamaki fkalari bunyod etildi. Bosh t. y. ustaxonasi Tbilisi dagi eng katta korxona edi. 1921-y. dan Tbilisi uzilkesil Gruziyaning poytaxti boʻlib qoldi.

Tbilisining yetakchi sanoat tarmoklari — mashinasozlik (stanoklar, elektrovozlar, priborlar, qishloq xoʻjaligi. mashinalari, elektr texnika buyumlari, aviatsiya sanoati mahsulotlari va b. ishlab chiqarish.), metallsozlik, yengil (toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, galanteriya, tikuvchilik va b. korxonalar), oziq-ovqat (shu jumladan, vinokonyak, shampan vinosi tayyorlash, mevasabzavot konservalari, tamakichilik, yogmoy, non zdlari va b.), yogʻochsozlik, shisha va chinnifayans, kimyo va kimyofarmaiyevtika, polifafiya sanoatlari. Qurilish materiallari ham ishlab chikariladi. Tbilisida termal suvlardan issiqxonalarni isitishda foydalaniladi.

Tbilisi — transport yoʻllarining yirik tuguni, Harbiy Gruziya yoʻlining oxirgi punkti. Avialiniyalar orkali MDHning deyarli barcha yirik markazlari bilan bogʻlangan. Ichki transport rivojlangan — avtobus (1933-y. dan), tramvay, trolleybus (1937-y. dan) katnaydi, 1966-y. dan metropoliten ishga tushirilgan. Dam oluvchi va sayyohlarni tashuvchy*ʻ kanat yoʻllari bor. Bu transport yoʻllari shaharning markaziy koʻchalarini togʻli qismi bilan bogʻlaydi.

T. Kura daryosi va uning terrasalari boʻylab 30 km ga choʻzilgan. Shaharning jan. sharqida tor koʻchalar, oʻrta asrlarda qurilgan 2—3 qavatli gʻishtin uylari boʻlgan eski shahar joylashgan. Eski shaharda Nariqalʼa xarobalari (qadimgi kismi 4-a., keyingisi 16—17-a. lar), toshdan qurilgan Anchisxati (6—17-a. lar) cherkovi va Metexi (1278—93) cherkovi, Sioni kafedrali sobori (6—7-a. lar), Rostom podshosining hammomlari (17-a.) saklangan. Gruziya FA, 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 unt, konservatoriya), 14 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), 20 dan ortiq muzey (shu jumladan, S. Janashia nomidagi Gruziya muzeyi, Gruziya sanʼati muzeyi, Gruziya kartinalar galereyasi, Gruziya adabiyoti muzeyi), Botanika bogʻi, Davlat kutubxonasi, yuzdan ortiq jamoat kutubxonasi, yirik nashriyotlar bor. Tbilisi — Zakavkazyeda turizmning yirik markazlaridan. Shaharning jan. sharqiy qismida Tbilisi balneologik kurorti joylashgan.

Tbilisida mashhur gruzin yozuvchilari, rassomlari, kompozitorlari, jamoat arboblari (Aleksandr va Ilya Chavchavadzelar, N. Baratashvili, Akakiy va Georgiy Sereteli, N. Nikoladze, Nino Pirosmanishvili, 3. Paliashvili va b.) hamda arman va ozarbayjon madaniyati vakillari (X. Abovyan, G. Sundukyan, O. Tumanyan, M. Axundov, M. Shafi va b.) yashab ijod kilganlar. A. Griboyedov (Mtasminda togdagi panteonda dafn qilingan). A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, M. Gorkiylarning nomlari Tbilisi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x