TAʼSIR VA AKS TAʼSIR QONUNI

TAʼSIR VA AKS TAʼSIR QONUNI, Nyutonning uchinchi qonuni — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Nyutonning taʼrifiga koʻra, taʼsirga doim teng va qaramaqarshi yoʻnalgan aks taʼsir bor, boshqacha aytganda, ikki jismning bir-biriga taʼsiri oʻzaro teng va qaramaqarshi tomonlarga yoʻnalgan. Bu taʼrifda «taʼsirga» beixtiyor asosiy oʻrin, «aks taʼsirga» esa ikkinchi darajali oʻrin ajratiladi. Shuning uchun Taʼsir va aks taʼsir qonuni va a. t. q. quyidagicha taʼriflangani maʼqul: ikki jiyemning bir-biriga har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir xarakteriga ega boʻlib, ularning bir-biriga koʻrsatayotgan taʼsir kuchlari har doim kattalik jihatdan teng va yoʻnalishi qaramaqarshidir. Taʼsir va aks taʼsir qonuni va a. t. q. kichkina oʻlchamli elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin qarakatlar uchun oʻrinli emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x