TALLIMARJON SUV OMBORI

TALLIMARJON SUV OMBORIQashqadaryo viloyatidagi yirik gidrotexnika inshooti. Qarshi magistral kanali etagida barpo etilgan. Tallimarjon t. y. stansiyasi yaqinida, Amudaryo va Qashqadaryo oʻrtasida suvayirgʻich vazifasini bajaruvchi tekislikda joylashgan. 1965—73 y. larda qurilgan. 1977-y. da qisman, 1985-y. toʻliq ishga tushurilgan. Tallimarjon suv ombori Qarshi magistral kanali suvi bilan kuzgiqishki mavsumda 6 oy davomida toʻddiriladi. Uz. 14 km, kengligi 5,5 km, oʻrtacha chuq. 19,8 m, qirgʻoq chizigʻi uz. 36 km, mayd. 77,4 km2, umumiy hajmi 1,53 mlrd. m3, foydali ish hajmi, 1,4 mlrd. m3. T. s. o. ning asosiy inshootlari majmui 1 va 2tuproq toʻgʻonlari, nasos styasi, suv oqib keladigan va chiqib ketadigan kanal, drenaj, nasos styasidan iborat. Suv qudratli elektr nasoslari orqali 26,6 m balandlikkacha koʻtarilib beriladi. Qarshi choʻlida oʻzlashtirilgan qoʻriq yerlarni suv bilan taʼminlaydi. Sugʻorish mavsumida omborda toʻplangan suv Qarshi magistral kanaliga suv oʻtkazish imkoniyati 360 m3/sek. boʻlgan suv chiqargich orqali beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x