TALQINCHA

TALQINCHAtalqin doira usuli asosida yaratilgan maqom ashula yoʻli, talqin shoʻbasiga oʻxshatma, nazira; Shashmaqomning ikkinchi guruh shoʻbalaridan Moʻgʻulcha va Savtlarning muayyan shoxobchasi. Talqinchalar Buzruk maqomining Moʻgʻulchai Buzruk, Savti Sarvinoz, Iroqi Buxoro, Rostning Savti Ushshoq, Savti Kalon, Savti Sabo, Navroʻzi Sabo, Navoning Savti Navo, Moʻgʻulchai Navo, Mustazodi Navo, Segohning Moʻgʻulchai Segoh shoʻbalarida uchraydi va shu shoʻbalar nomi bilan qoʻshib ataladi (mas., Talqinchai Savti Sarvinoz, Talqinchai Moʻgʻulchai Dugoh va h. k.). Iroqning Chanbari Iroq shoʻbasi, shuningdek, koʻpgina mumtoz kuy va ashulalar (mas., «Bayot IV», «Bayoti Sheroziy IV»), bastakorlarning asarlari ham Talqincha usulida ijro etilgan.

TALFAP — Qozogʻistondagi shahar (1959-y. dan). Olmaota viloyatida, Orqa Ili Olatovining shim. yon bagʻrida, Olmaota sh. dan 25 km uzoklikda joylashgan. Aholisi 42 ming kishi (2003). Tikuvchilik va namat fkalari, spirt, vino, yogʻmoy zdlari, qurilish materiallari korxonalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x