STRIXNIN

STRIXNIN (Strychninum), C21H22N2O2 — kuchala urugidan olinadigan alkaloid. Mol. m. 334,42. Suyuklanish t-rasi 282°, qaynash t-rasi 270°. 1818-y. da fransuz kimyogarlari P. J. Peltye va J. B. Kavantu kashf qilganlar. Strixninning tuzilishini ingliz kimyogari R. Robinson 1946-y. da aniklagan, amerikalik kimyogar R. B. Vudvord 1954-y. S. ning toʻliq sintezini ishlab chiqqan. Strixnin murakkab politsiklik birikmadir, zaharli; zararli hayvonlarni qirishda ishlatiladi. Tibbiyot amaliyotida Strixnin nitrat qoʻllanadi. Markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatadi, ayniqsa, orqa miya faoliyatini kuchaytiradi, katta dozalari tetanik talvasaga olib boradi; koʻrish, eshitish, taʼm bilish sezgilarini faollantiradi; tomirlarni harakatlantiruvchi markaz va nafas markazini qoʻzgʻatadi. Skelet muskullarini taranglashtiradi, parez va falajlarda nerv sistemasi funksiyasini normallashtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x