STRASBURG

STRASBURG, Strasbur — Fransiyaning sharqiy qismidagi shahar, Il daryosining Reyn daryosiga quyilish yerida joylashgan. Elzasning tarixiy poytaxti. Quyi Reyn departamentining maʼmuriy markazi. Axoliyey 267 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oziqovqat, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. un-t, konservatoriya, muzeylar bor. S. keltlar qishlogʻi oʻrnida bunyodga kelgan. Strasburg nomi bilan 6-a. dan maʼlum. 925-y. dan Germaniya qirolligi tarkibida. Oʻrta asrlarda yirik sanoat markazi boʻlgan. 1681-y. dan Fransiya tarkibiga kirgan. 1871 — 1919-y. larda Germaniya tarkibidagi ElzasLotaringiya imperiya yerining markazi edi. Versal sulh shartnomasiga koʻra, 1919-y. da Franpiyaga qaytarilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (11—16-a. lar), gotika cherkovi (13 — 14-a. lar), yepiskop saroyi (1722—28), ratusha (1730), Roganov saroyi (1732 — 42) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x