STENLI Uendell Meridit

STENLI Uendell Meridit (1904.16.8, Rijvill, Indiana shtati — 1971.15.6) — amerikalik biokimyogar va virusolog. AQSH Milliy FA aʼzosi (1941-y. dan). Pristondagi Rokfeller inti ilmiy xodimi (1932 — 48), Berklidagi Kaliforniya un-ti prof. (1948-y. dan). Ilmiy ishlari enzimlar va oqsillar viruslarining tabiatini oʻrganishga oid. Ilk bor virusni mikrobiologiya uslubi bilan emas, balki J. D. Samner va J. Morton usuli bilan suyuq ekstraktni kristallab ajratib olgan. Virus bilan zararlangan bir tonna tamaki barglaridan bir necha g kristall holdagi tirik virus ajratib olishga muvaffaq boʻlgan va uning oqsil modda ekanligini isbotlagan (1935). Poliomiyelit virusini ajratib olib, tarkibini tekshirgan (1955). Nobel mukofoti laureati (1946, J. X. Nortrop bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x