Spermatoreya

Spermatoreya
1-qism (2 qismli)
Erkaklar vaqt o‘tib katta bo‘lishlari sayin tanosil a’zolari faoliyatiga ta’sir qiluvchi bir qator kasalliklar paydo bo‘ladi. Tanosil tizimi faoliyati doim buzilishsiz, silliq ishlay olmaydi. Bu balki farzand ko‘rish funksiyasiga extiyoj erkakda bir umr bo‘lmasligiga bog‘liqdir. Afsuski, tanosil a’zolari faoliyati buzilishi bunga extiyoj yo‘qolishidan avval paydo bo‘ladi. Bunday xolatda o‘zgarishlarga e’tibor berish zarur.
Shunday o‘zgarishlardan biri bu sperma oqib turishi, ya’ni spermatoreyadir. Bunda prostata bezi soki va urug‘ suyuqligini ushlab turish muammoli bo‘ladi. Bu kasallik xar qanday yoshdagi erkakda kuzatilishi mumkin. Spermatoreya birdan boshlandi va ko‘pchilik uchun yoqimsiz syurpriz bo‘ladi. Spermatoreya jiddiy kasallik. Vaqtida diagnostika qilib davolanmasa tanosil a’zlari faoliyati tuzukkina buzilishi va befarzandlikkacha olib kelishi mumkin. Ba’zi erkaklar o‘zi o‘tib ketishidan umid qilishadi. Bu katta xato.
Spermatoreya nima
Bu spermani eyakulyatsiyadan tashqari xolatda oqib chiqishi. Urug‘ suyuqligini ushlay olmaslik siydik tanosil a’zolarida nosozlik borligi belgisi. U xar qanday yoshdagi erkaklarda aniqlanishi mumkin. Asosan katta yoshdagi erkaklarda aniqlanadi.
Spermani birdan oqib chiqishi jismoniy yuklama, jinsiy aloqa va siyish vaqtida sodir bo‘lishi mumkin. Oqib chiqqan sperma miqdori jinsiy aloqa vaqtida chiqqan spermadan kamroq bo‘ladi. Miqdori kamroq bo‘ladi va ajralgan suyuqlik xam spermadan farq qiladi. Yetarli tibbiy e’tibor va yordam olinmasa kasallik tez rivojlanadi. Qisqa vaqtdan keyin birdan sperma oqishi odatiy xolga aylanib qolishi mumkin.
Sababi va paydo bo‘lish meXanizmi:
Spermatoreya sababi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘ladi. Sababini mutaxassis to‘liq tekshirishdan keyingina aniqlashi mumkin.
Tug‘ma sabablar:
• Siydik chiqaruv kanali nuqsonlari
• Neyrogen buzilishlar (markaziy nerv tizimi shikastlanishi oqibatida)
Orttirilgan sabablar:
Siydik tanosil tizimidagi yallig‘lanish jarayonlari spermatoreya sabalaridan biri. Qolganlari
• Umurtqa patologiyasi
• Surunkali qabziyat
• Jaroxatlar
• Siydik yo‘li (uretra) va qo‘shni a’zolardagi yallig‘lanish
Sababi turlicha bo‘lmasin alal oqibati bir xil bo‘ladi. Urug‘ chiqaruvchi yo‘llar mushak qavati kuchsizligi fonida qorin ichi bosimi ko‘tarilishi o‘z o‘zidan sperma oqib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘p xollarda spermatoreya qabziyat, impotensiya va siydik yo‘li shamollashi uretritning asorati sifatida paydo bo‘ladi. Bu kasalliklar bevosita yoki bilvosita urug‘ chiquvch kanallarga aloqasi bor. Surunkali qabziyat prostataga ta’sir qilib uning normal faoliyat qilishga xalaqit qiladi.
Markaziy asab tizimi tanosil tizimi a’zolarini nazorat qiladi. Befarzandlik, ereksiya buzilishi va siyishdai muammolar erkak xayotida doimiy va surnkali stresslar oqibati bo‘lishi xam mumkin. Ish faoliyati va kasbga aloqador jaroxatlar, tos soxasi suyaklari jaroxati, tanosil a’zolari shikastlari, nuqsonlari xam spermatoreya sababi. Bunda spermani o‘z vaqtida chiqishini ta’minlaydigan siydik yo‘li butunligi buziladi.
Ko‘pincha yosh erkaklar shaxvat qo‘zg‘alganda ajralib chiqadigan lubrikant suyuqlikni spermatoreya bilan adashtirib qattiq bezovta bo‘lishadi. Aslida bezovtalikka xojat yo‘q, chunki bu norma.
Yana yolg‘on spermatoreya xam kuzatiladi. Yolg‘on sperma oqishida oqib chiqayotgan suyuqlik sperma bo‘ladi, lekin tarkibida spermatazoidlar bo‘lmaydi. Bunday sperma odatdagi spermaga solishtirganda tiniq va shaffofroq.
Katta yoshdagi erkaklarda spermatoreya unchalar xam kasallik deb qaralmaydi. Sababi bu tanosil tizimi qarishining bir belgisi. Avvalambor xayot tarzini nazorat qilish va meyorlashtirish lozim. Ortiqcha jismoniy yuklamalar va stressdan saqlanish lozim. Stress xam spermatoreyani bevosita sababi bo‘lishi mumkin. Parxezdan achchiq va yog‘li maxsulotlarni chiqarib yuborish kerak bo‘ladi.
Spermatoreya
2-qism (2 qismli)
Belgilari:
Spermatoreya belgilari quyidagicha:
• Urug‘ doimo yoki vaqti vaqti bilan oqib turishi
• Urug‘ sekin oqadi va kichik porsiyalar bilan oqadi
• Shaxvat qo‘zg‘alishi sodir bo‘lmaydi
• Ereksiya va orgazmsiz sodir bo‘ladi
Spermatoreya yo‘tal, ich kelishi, aksa urish va jismoniy yuklama vaqtida oraliq mushaklari kuchanganda kuchayadi. Bunda oqib chiqadigan sperma miqdori xam ortadi. Yana arzimagan shaxvat qo‘zg‘alishida xam sperma ajralib chiqishi mumkin. Shu sababli xam xoxish idroksiz urug‘ oqishida erkaklar jinsiy xayotdan xam voz kechishadi. Doim ich kiyim namlanib qolishi, noqulay xolatga tushib qolishdan qo‘rqish erkak xayotiga sezilarli ta’sir qiladi.
Ba’zan spermatoreyani libidoz uretroreya bilan almashtirib tushunishadi. Libidoz uretroreyada shaxvat qo‘zg‘alganda olat qo‘zg‘almay turib biroz miqdorda urug‘ suyuqligi chiqadi. Bu belgi xam spermatoreyada kuzatiladi, lekin yagona belgi emas. Urug‘ suyuqligini tuta olmaslik shaxvat qo‘zg‘alishiga aloqador bo‘lmagan xollarda xam kuzatiladi. Libidoz uretroreya normal xolat xisoblanadi va davo shart emas. Lekin tasdiqlangan spermatoreya xolatida albatta davolanish shart.
Diagnstika:
Spermatoreyani aniqlash uchun:
• Umumiy siydik taxlili
• Maxsus sinamalar
• Siydik, prostata soki, siydik yo‘li ajralmasi bakteriologik ekish
• Jinsiy infeksiyalarga tekshirish
• Kichik tos a’zolari UZI tekshirish qilinadi
Davolash:
Yetarli tekshirish va aniq diagnostikadan keyin davo sxemasi tanlanadi. Davoning asosiy maqsadi – bu siydik yo‘li devori elastikligini oshirishi, mushaklarni (qisuvchi mushaklarni xam) kuchaytirish, spermatoreya bevosita sababini yo‘qotish. Buning uchun quyidagi dori vositalar tavsiya qilinadi:
1. Prostata faoliyatini stimulyatsiya qiluvchi va urug‘ chiqaruvchi yo‘llarni ishini nazorat qiluvchi vositalar
2. Antibiotiklar, zamburug‘larga qarshi vositalar – agar siydik tanosil infeksiyasi bo‘lsa
3. Qabziyatda ichni yumshatuvchi vositalar
4. Yallig‘lanishga qarshi vositalar (extiyoj bo‘lsa)
5. Neyrogen buzilishlari yo‘qotuvchi vositalar
6. Fizioterapevtik muolajalar
Davo kursi vaqtida normal ovqatlanish ratsioniga amal qilish, ish vaqti va dam olish soatlarini meyorlashtirish, toza xavoda sayr qilish lozim.
Urug‘ yo‘llari mushaklari faoliyati buzilganda, siydik yo‘li va urug‘ chiqaruvchi yo‘llar nuqsonlarida Xirurgik davo amalga oshiriladi. Bunda asosan yo‘llar plastika qilinadi. Narxi tuzukkina bo‘ladi, ammo spermatoreyadan butkul xolis bo‘linadi.
Spermatoreya davosi faqat mutaxassis nazorati ostida olib borilishi kerak. Tajribali Androlog mutaxassis kasallik sabalarini aniqlay oladi va shunga yarasha davo sxemasi tavsiya qiladi. O‘z o‘zini davolashga xarakat qilish mumkin emas. Xalq tabobati va boshqa usullarni qo‘llash xolatni yanada chuqurlashtirishi va asoratlarga olib kelishi mumkin
© Abdulxayev Fayzullo
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x