O‘G‘IL KO‘RISH

O‘G‘IL KO‘RISH
1- qism
O‘g‘il ko‘ra olmay xalakmisiz ?? Yillar o‘tib ketayaptimi ? O‘g‘lingizni ko‘ra olmay ota va ona armondami ?? Doktoru tabiblar, munajjimu va boshva bori xammasiga borib charchadingizmi ?
Uydan chiqmay bepulga o‘g‘il ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘ling !!!
Demak suxbat aynan siz uchun
Ko‘plarimiz ko‘rganmiz va eshitganmizki bir oilada 5ta qiz yoki 5ta o‘g‘il bo‘lsa bizni oilada faqat qiz yoki o‘g‘il ug‘iladi, (farzandlariga) sen xam 5ta qiz yoki 5ta o‘g‘il ko‘rasanda deyishadi. Shunday tuyuladiki, xuddi ba’zi oilalar ko‘proq qiz yoki o‘g‘il ko‘rishga moyilroqdek. Aslida xam shunaqamikan….
To‘g‘ri, ba’zi oilalarda aksari qizlar yoki o‘g‘illar ko‘proq tug‘ilishi kuzatiladigan xol. Bu xol nima uchun ro‘y berishi olimlar orasida baxslarga sabab bo‘lgan.
Ba’zi olimlar bu naslga bog‘liq deyishadi. Ilmiy tadqiqot mingga yaqin oila shajarasini bir necha yuzlab yillik tarixini o‘rganib chiqqan. Tadqiqot aniqlashicha bir erkak ko‘proq o‘g‘il ko‘rgan bo‘lsa uning o‘g‘illari xam ko‘proq o‘g‘il ko‘rishi extimoli balandroq ekanligi aniqlangan. Olimlar buni ba’zi ma’lum genlar erkakda o‘g‘il tug‘ilishiga sabab bo‘luvchi U xromosomali spermatazoidlarni ko‘proq ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi va boshqa erkaklarda esa irsiy tomondan ko‘proq qiz ko‘rishga moyillik bor , chunki ular ko‘proq X xromosomasi ko‘proq sperma ishlab chiqarishadi deb izoxlashgan.
Boshqa olimlar esa qizlar yoki o‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘payib ketishini tashqi muximtga bog‘lashadi. Yana bir ilmiy tadqiqot Xitoyda o‘g‘il va qiz bola orasidagi tug‘ilish gisbatini 1929 yildan 1982 yilgacha o‘rganib chiqqan. Qizig‘i shuki o‘g‘il bolalar tug‘ilish keskin kamayib ketoan davr bo‘lgan. Bu davr aynan Xitoyda 1960-63 yillarda bo‘lgan Katta Ochlik davriga to‘g‘ri kelgan. Ochlik tugashi bilan yana o‘g‘il bola tug‘ilishi ko‘payib ketgan. Buni izoxi nedur ? O‘g‘il bolalar o‘sishi uchun qizlarga qaraganda ko‘proq resurslar talab qiladi. Demak, resurslar kam va ocharchilik xolatlarida onalar qiz farzand tug‘ishi va o‘g‘il bolalarni “barakotli kunlarga” olib qolishi 😉 extimoli kattaroq ekan.
Xanuzgacha ba’zilar onaning ovqat ratsioni bolani u yoki bu jinsda bo‘lishiga aloqador deyishadi. Ba’zi teoriyalarga ko‘ra er xotin qiz qo‘rish extimolini oshirmoqchi bo‘lsa kalsiy va magniyga boy ovqatlanishi kerak ekan. O‘g‘il ko‘rish uchun esa ovqat ratsionida kaliy va natriyga boy maxsulot miqdori ko‘paytirilish kerak ekan.
Yana boshqa faraz bor. Bu jinsiy aloqa qilish vaqti. U xromosoma tashuvchi spermatazoid qixlarni X xromosomasini tashuvchi spermatazoiddan birozgina yengilroq. Ba’zilar U xromosoma tashuvchi spermatazoid ayol tuxumiga tezroq yetib keladi teyishadi. Demak !!! Demak, ayolda ovulyatsiya yaqinda yuz berib tuxum xujayra urchishga tayyor bo‘lsa o‘g‘il tug‘ilishi ko‘proq extimol ekan. Topgan topaloq deyiladiku
O‘G‘IL KO‘RISH
2- qism
O‘g‘il ko‘ra olmay xalakmisiz ?? Yillar o‘tib ketayaptimi ? O‘g‘lingizni ko‘ra olmay ota va ona armondami ?? Doktoru tabiblar, munajjimu va boshva bori xammasiga borib charchadingizmi ?
Uydan chiqmay bepulga o‘g‘il ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘ling !!!
Demak suxbat aynan siz uchun
Agar ayol tuxum xujayrasi erkak spermatazoidi bilan urchishga tayyor bo‘lmasa o‘g‘il U xromosoma tashuvchi spermatazoidga qaraganda sekinroq, lekin chidamliroq bo‘lgan qizlar X xromosomasi tashuvchi spermatazoid ayol qornida uzoqroq saqlanib qolib qiz bola tug‘ilishi extimolini ko‘tarar ekan.
Bu faraz va nazariyalar ko‘p. Lekin barining ilmiy asosi borligi isbotlanmagan.
Aksari ilmiy tadqiqotlar ma’lum oilalarda faqat o‘g‘il yoki qiz tug‘ilishi nazariyasini tasdiqlamadi. Oddiy misol: Agar siz bir necha kishi gurux bo‘lib tangani million marta otsangiz kimdadir aksari tangani oldi kimlardadir esa asosan faqat tangani orqa qismi tushishi mumkin. Qalley !!!
Siz ko‘rgan va guvoxi bo‘lgan faqat qiz yoki o‘g‘il ko‘ruvchi oilalar faqat extimollikka asoslangan va Taqdiroid programmasini Nasiboid rejasi ila amalga oshgan. Albatta sun’iy urug‘lantirishda siz implantatsiya qilinadigan embrionda bola jinsini tanlashingiz mumkin. Unda xam sizning o‘g‘il yoki qiz ko‘rishingiz extimolligi 50% / 50%
Sizning oilangizda o‘g‘il ko‘proq tug‘iladimi yoki qizlarmi ????
Xulosa o‘rnida:
Naslida egizak tug‘ilganlar bo‘lsa farzandlarda egizak ko‘rish extimoli balandroq bo‘lishi mumkin.
Kamina esa bu omillar xammasi to‘g‘ri deb biladila. Kamina faqat bu omillar Insonoidni Taqdiroid degan programmasida yozib qo‘yilganligi va ochligu to‘qlik, sperma yengilligiyu og‘irroqligi, chidamliligiyu nozikligi, ayolda tuxum yetilganligi yoki yo‘qligi xammasi Taqdiroiddagi Nasiboid nastroykalari amalga oshishi uchungina belgilab qo‘yilgan deb bilguvchi olimlar qirg‘og‘idadirla. Taqdiroid Nasiboidni faqat bitta Developerskaya versiyasi bor. Uning dvijok, skript va proshivkasiga xech kimga dostup yo‘q. Shu sabablidir Beta, alfa versiyalari xam bo‘lmagan. Lekin yaxshi yangilik Duo versiyasi xam bor. Duo qiling va Taqdiroiddagi Nasiboidni Duo versiyasigacha yangilab apgreyd qilib oling. Bunga na internet kerak va na avtorizatsiya. Faqat 2 qo‘ldagi Duo portlarini Oblako / Cloud Service ga ochib, login qilib Mexribon va Raxmli Developerga ulansangiz bo‘lgani. Agar Developer Prinyat Yes/No opsiyasida Yes ga izn bersa xatto End Note da xisobsiz a’lo ssilkalar paydo bo‘lib, skriptlardagi Error va Bug lar kechirilib user Interface yorqinlashib, nurga to‘lib Taqdiroiddagi Nasiboidni Super Duo versiyasigacha o‘tib ketasiz. Endi bunisi Duo versiyani yaxshi, muntazam, sabot bilan tungi bonuslarni va tungi tekin trafiklarni tinimsiz ishlatadigan Axli Yuzer uchungina.
Shunday tuyuladiki, xuddi ba’zi oilalar ko‘proq qiz yoki o‘g‘il ko‘rishga moyilroqdek. Aslida xam shunaqamikan….
Demak yo‘q. Qiz va o‘g‘il ko‘rish xislati irsiyatga aloqasi yo‘q. Balki Taqdirotga aloqasi bordir. Ya’ni qandaydir bilgan bilmagan amallarimiz, shunga moyil xayot tarzi, rizq, ne’mat va nasibamizga sabab bo‘lsa kerak….
Farzand xam Taqdir xam Nasib xam Ne’mat !!!
Shirindan shakar X va U xromosomali spermatazoidlarni undanda asal tuxum xujayra bilan urchib shirindan shakar Insonoidlarni O‘g‘il & Qizlarning Solix & Solixa versiyalarini tilab qoluvchi
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x