BIRINCHI NIKOX KЕCHASI

BIRINCHI NIKOX KЕCHASI
1-qism
Nikox va nikoxlanish xayotda xar bir yosh yigit va qiz boshida bor baxtli onlardan. Bu damlarda kelin va kuyov ko‘ngli xayajonda qalbi olam olam orzu-xavaslarga to‘la bo‘lishi tabiiy. Nikox butun bir xayot zarxal sarlavxasining boshlanishi. Shu sababli bu kunlarda qilingan xar bir ish yosh kelin kuyov xotirasida saqlanib qoladi va qolaversa bu kundagi xar qanday so‘z va amal ikki yoshning kelgusi xayotida juda xam katta rol o‘ynaydi. Demak bu zarxal saxifalar kanday ochilishi va yozilish kerak.
Shularni e’tiborga olib birinchi nikox kechasida qilinadigan amallar xaqida imkon yetganicha suxbat qilishga azmi qaror qildik.
Satrlarimizni diqqat e’tibor bilan o‘qiyotgan yoshu qariga ikki olamning bir olam baxt saodati va nikox baxtini ko‘rishni tilab davom etamiz. Demak ketdik.
Kelin notanish oilaga keldi. Kelin ming xil xayollar, xayajon, xavotir aralash xadiksirash va o‘ng‘aysiz xolda o‘zini xis qiladi. Kuyov bolaning kelinga iliq, ochiq chexra va jilmayish bilan qilgan muomalasi kelindagi ruxiy noqulaylik, xavotir va noqulayliklarni aritadi. Qolaversa bu ikki yosh orasida iliqlik va mexr paydo qiladi. Shu sababli kuyov kelining oldiga kirayotganida shaxsiy gigiyenasiga amal qilib, chiroyli atirlar bilan iforlanib, kelinga ochiq chexra, yaxshi kayfiyat, muloyimlik va xalimlik bilan muomala qilishi kerak bo‘ladi.
Albatta ota ona oq fotixasini olib bismillahni aytib o‘ng oyoq bilan uyga qadam qo‘yish kerak.
BIRINCHI NIKOX KЕCHASI VA CHIMILDIQ. YOSH KЕLIN KUYOVGA ESLATMA
Har bir yosh yigit va qiz xayotida nikox baxtini ko‘rish bor. Yoshlarning ilk qovushishi qadriyatlarimiz va oadimiz bo‘yicha chimildiqda bo‘ladi. Shu sabab chimildiq extiros, xayajon va bir olam orzu-xavaslarga to‘la go‘sha. Chunki bu yerda xayot boshlanadi va kelgusi xayotning tamal toshi qo‘yiladi. Nikox kechasi chiroyli o‘tishi, qovushish oson va silliq kechishi va bo‘lg‘usi xayotga tamal toshi chiroyli xolda qo‘yilishi uchun nimalar qilish qilish va nimalarga axamiyat berish kerak.
OY KUNLAR TO‘G‘RI KЕLIB QOLSA …
Nikox kechasi va to‘y kunlaridagi xayajon va hissiyotlarni nazorat qilish, bo‘ysundirish oson emasligi tabiiy. Xar xolda oldinda butun bir xayot bor. Qolaversa qanchadan qancha odamlar yaqin uzoqda xayotingning ikir chikirlarini mikroskopda ko‘rishga tayyor bo‘lib turishibdi. Xatto ba’zilari qarz xavola qilib bo‘lsada elektron mikroskop olishgan. Demak, aynan shu mikroskop sotib olganlar tufayli xam xayot saxnangiz bezaklarga to‘la bo‘lsin va saxna ijrosida xar qanday tanqidchi ikir chikir topa olmasin. Qarzga mikroskop sotib olganlar esa afsus qilib labini tishlab olsin.
Demak xayajon va xissiyotlarni imkon qadar qo‘lga olishga xarakat qilamiz, jilovlaymiz. Sababi nikox kechasi yaxshi o‘tishi uchun bu suv xavodek zarur. Qolaversa ortiqcha xayajon va xissiyotlar tana va boshda og‘riq, qo‘zg‘alish susayishi yoki birdan xayz ko‘rib qolishga sabab bo‘lishi mumkin
Agar birinchi nikoh kechasida kelin hayz xolatida bo‘lsa qovushish mumkin emas. Xatto oila qurmagan ko‘p yosh yigitlar xam buni bilishadi. Demak izoxga xojat yo‘q. Svetoforda qizil yondimi xar qanday xarakat to‘xtatiladi
©Abdulxayev Fayzullo
BIRINCHI NIKOX KЕCHASI
2-qism
QOVUSHISH PAYTIDA OG‘RIQ…
Aksari xollarda birinchi bor nikox kechasida qovushilganda og‘riq eng kuchsiz darajada bo‘ladi. Nima bo‘lganda xam birinchi qovushish qanday o‘tishi va og‘riq bo‘lish bo‘lmasligi prodyuserimiz kuyovga bog‘liq. Avvalambor qovushishdan avval olatni qinga osonroq va shikastlamay kirishi uchun olatga namlantiruvchi kremdan yaxshilab surib olinadi. Kelin xayajon va xadiksiragan xolda bo‘lganligi uchun tanasi xam zo‘riqqan, taranglashgan xolda bo‘ladi. Bu xolatni kuyov kelinni qovushishga yaxshi tayyorlash, ko‘ngliga yo‘l topish, roziligini olish va xalim shirin muomalasi bilan erishishi mumkin xolos. Ayolda qo‘rquv, xadiksirash va xayajon yo‘qolsagina qin mushaklari bo‘shashadi, biroz moysimon suyuqlik ajralib chiqadi. Bu qovushishnig oson va imkon qadar og‘riqsiz o‘tishini ta’minlaydi. Agar aksi bo‘lib prodyuser kuyov kelinni rolga tayyorlay olmasa olat kirishi xam qiyinlashadi va og‘rq xam kuchli bo‘ladi.
Og‘riq bo‘lishining yomon tomoni kelajakda u kelinda vaginizm, ya’ni qin mushaklarini tortishib qisqarib jinsiy aloqa qilinishiga to‘sqinlik qilishidir. Birinchi qovushishdan hadiksirash va og‘riq vaginizm sabablaridan biri deb ko‘riladi.
QOVUSHILSAYU, BOKIRALIK SAQLANIB QOLSA…
Xa to‘g‘ri eshitdingiz. Qovushildiyu bokiralik, ya’ni iffat pardasi saqlanib qoldi. Bunaqasi xam bo‘lib turadi. Odatda qizlik pardasi qindan 1.5-3 sm ichkarida bo‘ladi. Bu parda aslida shilliq qavat burmasi. Qovushganda qizlik parda yirtiladi. Bu sodio bo‘lmasa sababi qizlik pardaning mutaxkamligi va elastikligi, ya’ni cho‘ziluvchanligida bo‘lishi mumkin. Qolaversa ba’zi xollarda parda yirtilsada og‘riq, achishish va qon kelmasligi mumkin.
Nikox kechasida ish bitmasa va ma’lum vaqtdan keyin xam natija bo‘lmasa, kuyovda muammo bo‘lmasa, ginekolog shaxsiy ko‘rigiga borish kerak bo‘ladi.
Agar nikox kechasi qovushilganda iffat pardasi buzilsa xarakat to‘xtatiladi. Bir necha kun aloqa qilish mumkin emas. Shunda jaroxat bitib, keyingi aloqalar og‘riqsiz va asoratsiz bo‘lishiga imkon yaratiladi.
BA’ZI (KO‘NGILSIZ) XOLATLAR VA KAMCHILIKLAR
Shunday xam bo‘ladiki qovushilgandan keyin iffat pardasi yirtilganda xam qon kelmaydi. Buni sababi qonni oqib chiqmay qinda qolib ketishi. Buning esa sababi qovushilib bo‘lgandan keyin kelin cho‘kkalab o‘tirmaganligida. Buni kuyov eslatishi va kattalar uqtirishi kerak narsa edi. Natijada yosh keli kuyov parda yirtilganidan bexabar qovushishga yana xarakat qilishlari yoki noxush ko‘ngilsiz xayollarga borishlari va tushunmovchilik yuz berishi mumkin.
Tabiiy xolda ba’zan kelin kuyov qovusha olmaydi. Ayb sandamu yo manda !? Sabab ikkila yoshdaligi aniq.
Kuyov tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar:
• Kelinni ko‘nglini topib, qovushishga yetarlicha tayyorlay olmaslik
• Tabiiy xolda ayol tanosil a’zolari anatomik tuzilishi va xususiyatlarini bilmaslik
• Mijoz sustligi
• Olat boshchasi ortiqcha sezuvchanligi sabab tez eyakulyatsiya bo‘lish
• Ruxiy va jismoniy zo‘riqish, surunkali stress va charchoq
Kelinimizchi:
• Kelinda ortiqcha vaxima va xayajon, bezovtalik bo‘lishi
• Kelin qovushishga jismonan va ruxan tayyor emasligi
• Turli safsatalar sababli birinchi nikoh kechasi va qovushish haqida noto‘g‘ri fikr va ortiqcha qo‘rquv shakllanganligi
Qolaversa, ibo xayo tufayli bo‘lsada qovushish vaqtida kuyovga ortiqcha qarshilik qilish, kelin oyoqlarini qisib olishi, qovushish og‘rig‘idan cho‘chish yosh erkakda shaxvoniy xirsni so‘ndiradi. Tanani u yoki bu tomonga burish xam qovushish imkonini bermaydigan omillardan.
Abdulxayev Fayzullo
FIKR VA MULOXAZALAR BORMI ?
БИРИНЧИ НИКОХ КЕЧАСИ
3-қисм
ТРЕТИЙ ЛИШНИЙ. ХАҚИҚАТТА ХАМ (БАЪЗАН) ЛИШНИЙ
• Энагалар келинни никох кечасига яхши тайёрламаганлиги
• Келинни қовушиш ва унда бўладиган холатлар хақида турли сафсата ва асоссиз гаплар билан қўрқитиш ва нотўғри фикр пайдо бўлишига сабаб бўлиш
• Келинга қовушиш вақтида хаё ибо билан қилиниш керак бўлган нарсалар орасидаги рухий, ахлоқий ва жисмоний чегаралари хақида тушунтириб берилмаганлиги
ЯНГАЛАР ХАМ БОР ЭДИ-А…
Авваллари никох тўйида янгалар бўлишига ўта танқидий қарар эдим. Айнан мана шу одатимизни тушунолмагандек бўлардим. Вақт ўтиб ўйлаб қарасам аслида янгалар роли бошқаю ахамияти хам каттагина экан. Фақат бизда охирги пайтдаги янгалар янги талқиндаги “тўғри” янгалар бўлиб қолишгандек экан. Шу сабаб одамлар орасида янгаларга бўлган муносабат хам янги талқин олган экан. Майли мавзудан бироз чалғидик.
Хулласи янгалар вазифаларингиз келин бўлмиш ёш қизни янги оилада янги оилавий хаётга тайёрлаш. Баъзан янгалар буни айнан тескарисини қилишади. Янгалар бу мақоламни ўқишига ишонмайману, умид қиламан. оилавий хаёт икир чикирларигача келинга батафсил тушунча беринг, яхшилаб ўргатинг. Бу нарсалар хақида ёш қиз хали хеч нарса билмаган ва эшитмаган. Ёш боши билан билмаслик сабаб хаёт йўлида кўп қоқилиб қолмаслиги учун ўз хиссангизни қўшинг. Сизнинг хам қизинигиз бўлса керакдир ! Бўлмаса яратган ўзи сизга хам шириндан шакар қизлар берсин. Эринмасдан аёлнинг оиладаги бурчи, эр хотин орасидаги нозик муносабатлар сир синоати билан бўлишинг. Қовушиш қандай ўтиши, келин ўзини қандай тутиши ва нималар қилиш кераклигини (тахорат олишдан бошлаб ювинишгача) ипидан игнасигача ўрислар таъбири билан гапирганда “от А до Я” қилиб тушунтиринг. Келинни қовушиш ва унда бўладиган холатлар хақида турли сафсата ва асоссиз гаплар билан қўрқитиш ва нотўғри фикр ва қўрқув пайдо бўлишига сабаб бўлманг. Келинга қовушиш вақтида хаё ибо билан қилиниш керак бўлган нарсалар орасидаги рухий, ахлоқий ва жисмоний чегаралари хақида тушунтириб беринг. Айнан ш қоидаларни билиш ва билмаслик келин ва куёвни биргаликда бахтли бўлиши ва бўлмаслигини хал қилади. Ёдда сақланг. Сиз мисоли элчисиз. Элчига ярашадиган холис ва яхшилик тарафдори бўлинг.
Сиз борлигингиз келинга уят, хаяжон эмас, балки қувват берсин ва хотиржамлик бағишласин. Шу ишларни уддаласангиз икки дунё бахт саодатини кўриб юринг
Икки ёшга бир олам бахт саодат тилаб,
©Абдулхаев Файзулло
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x