SHUKUROV

SHUKUROV Abdugʻofir (1918, Qashqadaryo viloyati Kitob shahri) — sehrli ertaklar ijrochisi. 2-jahon urushi qatnashchisi. Shukurov ertak aytishni, oʻz repertuaridagi 50 dan ortiq ertak, nakd va afsonalarni momosi — Tansiq momo Rahmatillo qizi va onasi — Saodat Ibrohim qizidan oʻrgangan. «Rustamzod va Sherzod», «Doro podsho va Iskandarbek», «Kulsa — gul, yigʻlasa — dur», «Qora mushkul ot», «Shamshirboz» va boshqalar Shukurov ijro etgan ertaklar Z. Husainova va B. Sarimsoqovlar tomonidan alohida kitob holida («Kulsa — gul, yigʻlasa — dur», 1983) nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x