TOʻRTKOʻL TUMANI

TOʻRTKOʻL TUMANIQoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927-y. 3-iyulda tashkil etilgan. Gʻarbdan Ellikqalʼa tumani, jan. gʻarbdan Xorazm, sharqdan Navoiy va Buxoro viloyatlari bn chegaradosh. Mayd. 7,5 ming km2. Aholisi 161,2 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Toʻrtkoʻl), 14 qishloq (ovul) fuqarolari yigʻini (A. Durdiyev, Jambasqala, Kaltaminor, Koʻkcha, Otauba, Oxunboboyev, Oqboshli, Oqqamish, Paxtachi, Tozabogʻyop, Ullubogʻ, Chubukli, Shoʻraxon, Qumboskan) bor. Markazi — Toʻrtkoʻl sh.

Tabiati. Tuman xududi Amudaryoning oʻng sohilida, pastbaland tekislikda (169 — 206 m) joylashgan. Shim. sharq va shim. qismi Qizilqum choʻli bn band. Bir kancha shoʻr koʻllar (shim. gʻarbida Suvyorgan, shim. sharqida Soʻkkili, shim. da Jumaketgan va b.) bor. Suvyorgan kulidan sharkda katta maydonlar shoʻrxoklardan iborat. Tuman hududi, asosan, Paxtaarna (27,5 km), Bogʻyop (9,0 km), Kaltaminor (72,0 km), Oqboshli (18 km), Shoʻraxonep (10,0 km), Yonboshqalʼa (45,5 km), Arazqalʼa (17,0 km), Amirobod (9,0 km), Bitleu (24,7 km), Boʻzyop (18,0 km), Beton (31,0 km) kanallaridan sugoriladi. Zax suvlar 433,3 km uzunlikdagi 21 ta kollektor sistemasi orqali tuman hududidan chiqariladi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproklardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, turangʻil, tol, saksovul, yulgʻun, yantoq, qamish, oqbosh, shoʻra, ajriq oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, qobon, quyon, toshbaqa, jayran, ondatra, yumronqoziq, kaltakesaklar; qushlardan qirgʻovul, chumchuq, toʻrgʻay, qargʻa, boyoʻgʻli va b. bor. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —4,9°, eng past tra —28°, —35°, iyul oyining oʻrtacha trasi 28,2°, eng yuqori tra 44°. Yillik yogʻin 100 mm. Vegetatsiya davri 150—200 kun.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (62%), turkmanlar (23,8%), qozoqlar (9%), qoraqalpoqlar (5,5%), shuningdek, rus, tatar, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi oʻrtacha 1 km2 ga 21,5 kishi. Shahar aholisi 50,8 ming kishi, qishloq agʻolisi 110,4 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tuman iqtisodiy negizini paxtachilik tashkil etadi. Shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻrtkoʻl tumanida 7 sanoat korxonasi, jumladan, paxta tozalash zdi (Toʻrtkoʻl), asfalt va temirbeton zdlari, Uzbekistan—Turkiya — Amerika «Toʻrtkoʻlteks» qoʻshma korxonasi, «Toʻrtkoʻlmoy», «Toʻrtkoʻlyogʻ» qoʻshma korxonalari, 13 aksiyadorlik jamiyati, 228 kichik va oʻrta xususiy korxonalar, aholiga xizmat koʻrsatuvchi kichik korxonalar va b. bor.

Chorvachilik, ipakchilik, bogʻdorchilik sabzavot va polizchilik ham rivojlangan. Tumanda paxtachilikka ixtisoslashgan 11 ta shirkat, 4 ta dehqonfermer xoʻjaliklari uyushmalari; qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan «Qizilqum» chorvachilik xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi.

Tumanda 580 dan ziyod fermer xoʻjaligi boʻlib, ular dehqonchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bn shugʻullanadi. Paxta yetishtirishning 40%, gʻalla yetishtirishning 40%, sabzavotpoliz mahsulotlarining 60—70% fermerlar hissasiga toʻfi keladi. Jami 22,2 ming ga maydonda dehqonchilik qilinadi. Ekin maydonlariga paxta, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuka ekinlari ekiladi. 218 ga yer bogʻlar bnband, shundan, 178 gektari mevazor. Oʻrmonlar — 49,8 ming ga. Shirkat va fermer xoʻjaliklarida 7,7 ming qoramol (shundan 2,2 mingdan ziyod sigir), 30,1 ming qoʻy, 1,2 ming yilqi, 682 tuya boqiladi.

Avtomobil yoʻllari uz. 1152 km (shundan asfalt yotqizilgani 308 km), t. y. 140 km. Tuman hududidan Amudaryo oqib oʻtadi (tuman hududidagi uz. 50 km). 65 umumiy taʼlim maktabida 36,6 ming oʻquvchi taʼlim oladi (2004). 6 kasbhunar kolleji (bank, tibbiyot, q. x., sanoattransport, maishiy xizmat, yengil sanoat), sil kasalligini davolash sanatoriy maktabinternati (240 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi.

Tumanda 12 klub muassasasi, 10 madaniyat uyi, xalq teatri, 34 kutubxona, 2 oʻlkashunoslik muzeyi, 2 uymuzeyi, sanʼat maktabi, kasalxona (625 oʻrin), 2 tibbiy dispanser (95 oʻrin), 4 qishloq uchastka kasalxonasi, 22 vrachlik davolash profilaktika shoxobchasi va b. tibbiy muassasalarda 270 vrach ishlaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻp tarmoqli sanatoriysi (80 oʻrin, A. Durdiyev xoʻjaligida) mavjud.

Tumanda (1933-y. dan «Doʻstlik bayrogʻi») 2004-y. dan «Toʻrtkoʻlnoma» (oʻzbek tilida, adadi 3000), «Meken» (turkman tilida, 2004-y. dan, 2001-y. 1 yanv. dan «Oydin yoʻl», adadi 1000) gaz.

lari chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x