SHTUTGART

SHTUTGART — Germaniyaning jan. gʻarbiy qismidagi shahar. BadenVyurtemberg yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 581,2 ming kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Nekkar daryosi boʻyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat, moliya, ilmiy va madaniyat markazi. Elektrotexnika, radioelektronika, avtomobil sanoati rivojlangan. Dvigatellar, stanoklar ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, priborsozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Unt, aviatsiya va kosmosga uchish sinov markazlari, galereyalar, muzey bor. Shahar ilk bor 12-asrdagi qoʻlyozmalarda tilga olingan. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shahar yaqinidagi mineral buloqlar atrofida kurortlar barpo qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x