QALQOVUCH

QALQOVUCH (texnikada) — suyuqlikka (mas, suvga) botirilgan holatda koʻtarilish kuchi va suzuvchanlik xossasiga ega boʻlgan (suyuqlik sirtiga qalqib chiqadigan — nomi shundan) qurilma. Koʻtarmatayanch (gidrosamolyotlar, qalqma koʻpriklar, tashlama toʻrlar, qarmoqlarning qalqma poʻkaklari); gidrometrik (oqim tezligini yoki toʻlqinlar sathini oʻlchash uchun moʻljallangan; mas, mareograflar) hamda suyuqlik yoʻlini ochish va berkitish uchun moʻljallangan (karbyuratorning Qalqovuch li kamerasi, vodoprovod tarmogʻi hamda sanitariya texnikasidagi Qalqovuch moslamalar) turlarga boʻlinadi. Qalqovuchlar, asosan, yengil materiallar (yogʻoch, plastmassa, rezina va boshqalar)dan tayyorlanadi. Qalqovuch harbiy ishda, mashinasozlikda, uyroʻzgʻorda, meteorologiya va boshqalar sohalarda keng ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x