TORTISHISH

TORTISHISH (gravitatsiya, gravitatsion oʻzaro taʼsir) — har qanday jismlar orasida vujudga keluvchi universal oʻzaro taʼsir. Agar oʻzaro taʼsir kuchsiz va jism yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga Karaganda juda kichkina tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsa, I. Nyutonning butun olam Tortishish qonuni oʻrinli boʻladi. Oʻzaro taʼsir kuchli va jism harakatining tezligi yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga yaqin boʻlgan hollarda esa, A. Eynshteyn yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasi T. ni toʻgʻri ifodalaydi.

Nyuton oʻzining «Tabiat falsafasining matematik prinsiplari» (1687) asarida Tortishish qonuniga birinchi boʻlib toʻliq taʼrif berdi. Nyuton taʼrifiga binoan, ikki moddiy zarra (li, va Gʻi2) ning oʻzaro Tortishish kuchi ularning massalariga toʻgʻri proporsional, orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional va ularni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha yoʻnalgan.

Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, t massali jism Tortishish kuchi taʼsirida Yer bilan bogʻliq boʻlgan sanoq tizimiga nisbatan biror a tezlanish bilan harakatga keladi.

Formuladagi kattaliklar oʻzgarmas qiymatga ega ekanliklarini eʼtiborga olsak, jism harakatiga qarshilik koʻrsatuvchi kuchlar mavjud boʻlmagan hollardagi Yer sirtiga yaqin balandliklarda har qanday jism bir xil tezlanish bilan tushadi, degan xulosaga kelinadi.

Osmon mexanikasi Nyutonning Tortishish qonuniga asoslangan. Kosmosda tabiiy yoki sunʼiy jismlarning harakatlarini tekshirishda shu qonunga amal qilinadi. Koʻpgina hollarda Nyutonning Tortishish qonuni tufayli yangi sayyoralar, yoʻldoshlar aniqlandi, astronomiya qator yangi yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, bu qonun tushuntirib berolmagan Merkuriy, Venera, Mars sayyoralari perigeliylarining harakati kabi ayrim hodisalar ham maʼlum edi. Shu kabi uchraydigan chigalliklarni bartaraf qilish maqsadida olimlar Nyuton Tortishish qrnunining matematik ifodasiga turli qoʻshimchalar kiritishga urindilar. Ammo bunday urinishlar natija bermadi. Kuchli gravitatsion maydonlarga (har qanday fizik obyektlarning hosil qiladigan maydoni gravitatsion yoki tortishish maydoni deyiladi. Gravitatsion maydon Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida 4 oʻlchovli tenzor potensiali orqali bayon qilinadi) va bu maydonlarda yorugʻlik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarga tatbiq qilishda Nyuton Tortishish qonunining butunlay ojizligi aniqlandi. Bunday hollarda Eynshteyn yaratgan Tortishish nazariyasidan foydalanish juda yaxshi natija beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x