SHIRIN

SHIRINSirdaryo viloyatidagi shahar (1972-yildan). Viloyatga boʻysunadi. Yaqin t. y. stansiyasi — Farhod (6 km). Viloyat markazi (Guliston shahri)dan 52 km. Urtacha 328 m balandlikda. Aholisi 15,3 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, koreys, rus, ozarbayjon, turkman va boshqalar ha. m yashaydi. Shahar nomi kelib chiqishi toʻgʻrisida turli rivoyat va taxminlar mavjud. Shulardan haqiqatga yaqinrogʻi, shaharning gʻarbiy qismidagi togʻning Farhod qoyasi tagidan oqib oʻtadigan Shirinqiz soyi nomidan olinganligidir. Shirin Farhod GES qurilishi munosabati bilan ishchilar posyolkasi sifatida 1943-yilda vujudga keldi. Shaharda Farhod GES, Sirdaryo issiqlik elektr styasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mashinasozlik z-di, sutkasiga 7 t non va non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona, spirt z-di va boshqalar, shuningdek, 60 tadan ziyod turli shakldagi xususiy va kichik korxonalar bor. Sirdaryo qurilish boshqarmasi ham Shirinda joylashgan. Shaharda 4 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 2 kasbhunar kolleji, teatr, «Shirin» shahar bozori, 5 kutubxona, 2 muzey, kasalxona (140 oʻrin), bolalar kasalxonasi, vrachlik sogʻlomlashtirish punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsherakusherlik punkti, dorixona, «Xavotog» sanatoriysi, madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira bogʻi mavjud. «Shirin sadosi» gaz. chop qilinadi. Shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x