SEMYONOV Mixail Nikolayevich

SEMYONOV Mixail Nikolayevich (1901.2.12, Lojma sh., Polsha — ?, Leningrad) — kompozitor, xor dirijyori, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1949). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1930). Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1936—38), kafedra mudiri (1944—55), prof. (1952-y. dan), Buxoro musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1938—39), Sanʼatshunoslik i. t. institutida ilmiy xodim (1939— 40). 1955-y. dan Leningradda yashab konservatoriya va Madaniyat in-tida (1964-y. dan) dars bergan. Asarlari orasida «150 oʻzbek xalq qoʻshiqlari» toʻplami, «Oʻzbek xalq sheʼrlari asosida bolalar uchun 4 qoʻshiq» va b. mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x