SAYXUN

SAYXUN (1991-y. gacha Verxnevolinskoye) — Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi shaharcha (1984-y. dan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Baxt (14 km). Sdan viloyat markazi (Guliston sh.) gacha —42 km. Aholisi 5439 kishi (2003). «Oʻng tarmoq» kanalidan suv oladi. Sayxunda, asosan, yengil sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Shaharchada tuman hokimiyati binosi, davlat va maʼmuriy tashkilotlari, 2 umumiy taʼlim maktabi, litseymaktab, 2 kasb-hunar kolleji, markaziy kutubxona va uning 3 ta tarmogʻi, markaziy kasalxona (160 oʻrin), markaziy poliklinika va bolalar poliklinikam, shuningdek, 4 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x