LUDDITLAR

LUDDITLAR (inglizcha Luddites) — Buyuk Britaniyada sanoat toʻntarishi davri (18-a. oxiri — 19-a. boshi)da mashinalar joriy qilinishiga qarshi chiqqan dastlabki tarqoq harakatlar qatnashchilari. Ludditlar atamasi birinchi boʻlib dastgohini buzib tashlagan ishchi (xalfa) — Ned Ludd nomidan olingan deb taxmin qilinadi. 1769, 1812-y. larda Ludditlarga qarshi oʻlim jazosi joriy qilingan. Yorkdagi suv protsessi (1813) va 1813—15 y. lardagi sanoat taraqqiyoti natijasida Ludditlar harakati bir oz pasaygan; 30-y. larga kelib, hukumatning qatagʻon siyosatining kuchayishi va iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi bilan Ludditlar harakati barham topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x