NOGʻORA VA BAYROQ

NOGʻORA VA BAYROQ — qadimda turkiy xalqlarda hokimiyat belgisi, ram-zi. Nogʻora va bayroq va b. ni olgan shaxs maʼlum mamlakatning oliy hukmdori deb tanilgan. Mac, Amir Temur 1370-y. Balxhrkimi amir Husaynga qarshi qoʻshin tortib borayotganda, Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻida makkalik shariflardan Sayyid Baraka unga oliy hrkimiyat, saltanat ramzi katta nogʻora — tabl va yalov — bayroq tortiq qiladi. Barokxon 1423— 27 y. larda Ulugʻ Muhammad ustidan gʻalaba qilib, Oq Oʻrdada hokimiyat tepasiga kelgach, Ulugʻbek unga qimmatbaho sovgʻalar, shuningdek, Nogʻora va bayroq va b. yuborganligi maʼlum. HOFOPAXOHA (naqqoraxona) – oʻrta asrlarda hukmdor saroyida musiqa cholgʻu asboblari (nay, karnay, surnay, nogʻora va h. k.) saqlanadigan va shu as-boblar ijrochilariga moʻljallangan maxsus joy. Xorazmshohlar davrida Nogʻora va bayroq oʻrnida talbxona istilohi qoʻllanishda boʻlgan.

Harbiy harakatlar chogʻida Nogʻora va bayroq oliy bosh qoʻmondonning baland yerga oʻrnatilgan hirgohi oldidan joy olgan, jangchilarni ruhlantiruvchi kuylarni tinmay ijro etib turgan. Nogʻora va bayroqdan eshitiluvchi musiqa ovozining tinishi muayyan darajada magʻlubiyatdan darak bergan.

Saroylarda Nogʻora va bayroq darvoza ustidagi xonaga joylashgan. Nogʻora va bayroqda mavjud cholgʻu asboblaridan saroyda oʻtadigan turli tantanalar, bayramlar, xalq tomoshalarida foydalanilgan. Nogʻora va bayroq dagi cholgʻuchilarga mehtar boshchilik qilgan. Bu chol-gʻuchilar repertuarida xalq ogʻzaki ijo-di anʼanalaridagi professional musiqa asarlari, shuningdek, surnay, (nafir), nogʻora (naqora, koʻs, tabl, ko-vurga) va naylarda chalinadigan turfa janrlardagi ommabop kuylar alohida oʻrin egallagan. Hukmdor Nogʻora va bayroq sozandalari xizmatidan teztez uyushtirilib tu-radigan ov (chorga) paytida ham foydalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x