SAMAD VURGʻUN

SAMAD VURGʻUN (taxallusi; asl ism-sharifi Samad Yusuf oʻgʻli Vekilov) (1906.12.5, Yuxari Salaxli qishlogʻi — 1956.27.5, Boku) — ozarbayjon shoiri, dramaturg va jamoat arbobi. Ozarbayjon xalq shoiri (1955), Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Ozarbayjon FA akad. (1945). Ijodi 1924-y. dan boshlangan. SV. ijodining dastlabki davrida ozarbayjon sheʼriyatiga kirib kelayotgan formalizm koʻrinishlariga qarshi kurashgan. «Shoirning qasami» (1930), «Fonar» (1932) sheʼriy toʻplamlari, «26» (1935), «Basti» (1937), «Toliston» (1938) va «Mugʻan» (1940) dostonlarida 30y. lardagi mehnat va kurash romantikasi oʻz ifodasini topgan. Samad Vurgʻunning shu davrdagi ijodida «Voqif» sheʼriy dramasi (1937) alohida ahamiyatga ega boʻlib, unda 18-a. da yashagan ozarbayjon shoiri Voqifnmt mashaqqatli hayoti va ijodiy faoliyati katta mahorat bilan tasvirlangan. «Farhod va Shirin» dramasi (1941) Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostoni asosida yozilgan. U «Xanlar» (1939) sheʼriy dramasi, «Ona soʻzi» (1941), «Oygun» (1951), «Negr soʻzlaydi» (1948) dostonlari hamda «Yondirilgan kitoblar» (1947) sheʼriy turkumi muallifi. Insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalmilallik SV. ijodining gʻoyaviy asoslarini tashkil etadi. SV. ozarbayjon sheʼriyatida zamonaviy til va uslubning shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Sh. Rustavelli, A. S. Pushkin, T. Shevchenko, M. Gorkiy asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Uning bir qancha sheʼr va dostonlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

As: Tanlangan asarlar, T., 1958.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x