SAMARQAND UNIVERSITETI

SAMARQAND UNIVERSITETI, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU) — Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1927-y. 22 yanv. da Samarqandda Oliy pedagogika in-ti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 boʻlim (fizikamat., tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 oʻqituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan In-tda taʼlim 4 y. lik boʻlgan. Int qoshida 1929-y. noyab. da ishchilar fti, 1930-y. yanv. da ishchilar un-ti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirish inti tashkil etildi. 1930-y. 22 yanv. da Oliy pedagogika in-ti Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (pedakademiya)ga aylantirildi va u taʼlimning ft tizimiga oʻtdi.

1933-y. 20 yanv. da Oʻzbekiston davlat ped. akademiyasi Oʻzbekiston davlat un-ti (OʻzDU)ga aylantirildi. Maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda un-t qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika in-ti muhim rol oʻynadi. Keyinchalik bu in-t negizida Samarqand pedagogika in-ti (1992-y. SamDU bilan birlashtirildi), 1935-y. tibbiyot fti negizida Samarqand tibbiyot in-ti tashkil etildi. Shuningdek, un-t negizida Samarqandda Q. x., Tijorat, Chet tillar intlari ham tashkil topdi. 1941 i. un-tga Alisher Navoiy nomi berildi. 2-jahon urushi davrida (1941-y. noyab. dan 1944-y. okt. gacha) Toshkentda Oʻrta Osiyo davlat un-ti tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1960-y. dan OʻzDU Samarqand davlat un-ti (SamDU) deb atala boshladi.

Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, oʻzbek filol. si, rus filol. si, tojik filol. si, geogr., kimyo, mexanikamat., fizika, biol., informatika va informatsion texnologiyalar, ped. va boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, musiqa, jismoniy madaniyat ftlari, 73 oʻkuv lab., 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, oʻquv diagnostika markazi, maxsus sirtqi boʻlim, metrologiya, patentshunoslik boʻlimlari, 8 qiroatxona va internetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet tarixi muzeylari bor. un-tda 34 yoʻnalish boʻyicha aspirantura (1930-y. tashkil etilgan) va 4 yoʻnalish boʻyicha doktorantura mavjud.

Untda 30 yoʻnalish boʻyicha (mat., mexanika, huquqshunoslik, oʻzbek, rus, tojik filol. si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlangʻich taʼlim, ped. psixologiya, mehnat taʼlimi, defektologiya, tarix, falsafa, huquq va maʼnaviyat asoslari, musiqa, amaliy mat., informatika va b.) bakalavrlar, 61 ixtisoslik boʻyicha (informatika, musikiy taʼlim, ped., psixologiya, boshlangich taʼlim, dialektika va bilish nazariyasi, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeologiya, tarixshunoslik, aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issiklik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, nazariy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organik kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differensial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, geom. va topologiya, mat. fanini oʻqitish metodikasi, amaliy mat. va axborot texnologiyasi, hisoblash mat. si, matematik modellash, optimallashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, tuproqshunoslik, agrotuprokshunoslik va agrofizika, ekologiya va b.) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 oʻquv yilida 9320 talaba taʼlim oldi, 930 oʻqituvchi, jumladan, 88 fan d-ri va prof., 468 fan nomzodi va dotsent ishladi. SamDU ni bitirganlar orasida olimlardan I. Moʻminov, S. Umarov, U. Orifov, Ya. Gʻulomov, A. Bahovuddinov, Q. Zokirov, V. Abdullayev, M. Osimov, A. Narzikulov, A. Adhamov, A. Otaxujayev, B. Valixoʻjayev, Sh. Vohidov, yozuvchi va shoirlardan Hasan Poʻlat, Mirtemir, Amin Umariy, Oydin, Sh. Rashidov, Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Dushan Fayziy, Omon Matjon, N. Narzullayev, B. Boyqobilov va b. bor.

Untda 1930-y. dan «Ilmiy asarlar» toʻplami (1998-y. dan «SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi»), 1957-y. dan «Samarqand universiteta» gaz. nashr etiladi.

Ibodulla Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x