RISHTON NEFT-GAZ KONI

RISHTON NEFT-GAZ KONIFargʻona viloyatidagi kon. Shim. Rishton antiklinal burmasida joylashgan. Konning geologik tuzilishini dastlab K. P. Kaliskiy oʻrgangan (1914), soʻng O. A. Rijkov rahbarligida (1941-y. dan) geologik syomka ishlari olib borilib, 1950-y. da burmaning jan. qanotida, yuqori boʻr davri yotqiziqlarida gaz borligi aniqlandi. Shim. Rishton antiklinal burmasi gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan boʻlib, paleozoy (ohaktosh, slanes), yura (qumtosh, gil), boʻr (ohaktosh, yashil gil, kulrang qumtosh), paleogen (yashil gil, oq ohaktosh, dolomit, qumtosh) yotqiziqlaridan tuzilgan. Burmadagi yotqizikdarning umumiy qalinligi 1,5 km dan ortiq. Konning yuqori boʻr davriga mansub yotqiziqlarida neft, yuqori va quyi boʻr, yura davrlariga oid yotqiziqlarida gaz mavjud. Kondagi neftning zichligi 776—779 kg/m3, metan turiga mansub; oltingugurt miqdori 0,16%, parafin 5—5,5%. Gazning zichligi 502—750 kg/m3; tarkibida 0,08% vodorod sulfidi, 68,15—89,1% metan, 2,0—17,5% azot va siyrak gazlar, 0,1 — 4,0% karbonat kislotasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x