ERUVCHANLIK

ERUVCHANLIKmodda. ning biror boshqa modda bilan 2 va undan ortiq komponentdan iborat termodinamik barqaror bir jinsli sistema hosil qilishi. Gazlarning suyuqliklar bilan, suyuqliklarning suyuqliklar bilan taʼsirlanishi natijasida shunday sistema hosil boʻladi (q. Eritmalar). Moddaning eruvchanligi oʻsha moddaning ayni sharoitda hosil qilgan toʻyingan eritmasining konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi. Turli moddalarning maʼlum erituvchilarda eruvchanligi tashqi sharoitga, asosan, t-ra va bosimga bogʻliq. Koʻpchilik suyukdik va qattiq moddalarning eruvchanligi t-ra ortishi bilan, gazlarning eruvchanligi esa bosim ortishi bilan ortadi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuniga boʻysunadi. Suyuqliklar bir-birida istalgan nisbatda (mas, suv bilan spirt), bir-birida maʼlum chegaragacha erishi (mas, suv bilan fenol) yoki bir-birida erimasligi mumkin (mas, suv bilan simob). Moddalarning eruvchanligi tashqi sharoit oʻzgarganda Le Shatelye — Braun prinsipi, yaʼni kimyoviy muvozanatning siljish prinsipiga muvofiq oʻzgaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x