RAUF PARFI

RAUF PARFI (taxallusi; asl ismsharifi Tursunali Parfiyev; 1943.27.9, Toshkent viloyati Shoʻralisoy qishlogʻi) — shoir va tarjimon. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning filologiya f-tini tugatgan (1960—65). Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, «Oydin» gaz., Fafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda «Yozuvchi» nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan. Birinchi sheʼri 1957-y. da eʼlon kilingan. «Karvon yoʻli» (1968), «Akssado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Koʻzlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1991), «Tavba» (2001) sheʼriy toʻplamlari bor. R. P. lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohanglaridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslubda foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima kilingan.

R. P. Bayronnyapt «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Karlo Kaladzennnt «Dengiz xayoli» va b. jahon sheʼriyati klassiklarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x