OZIQ-OVQAT SANOATI

OZIQ-OVQAT SANOATIxalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va b. sanoat korxo-nalari bor.

Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o. s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.

Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o. yeda chuqur tashkiliy va iqtiso-diy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va b. vazirliklar tugatilib, «Oʻzoziqovqatsanoat» davlat-aksiyadorlik konserni (1993-y. 5 may; 1994-y. 26 sent. dan «Oziqovqatsanoat» va «Yogʻ-moytamakisanoat» uyushmalari), «Oʻzgoʻshtsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993-y. 6 apr.), «Oʻzdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994-y. 22 apr.), «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994-y. 28 noyab. dan), «Oʻzbaliq» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi «Oʻzparrandasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), «Oʻzbekbirlashuv» tarkibidagi O.-o. s. korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axrli ehtiyojlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari b-n qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002-y. da O.-o. s. korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsu-lotlari — 74,6, vino-araq — 6134 ming dal, pivo — 7853 ming dal, chanqovbo-sar ichimliklar — 12680 ming dal va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya inti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati in-ti, Toshkent iqtisodiyot un-ti va Toshkent texnika un-tida, Samarkand, Yangiyoʻl oziq-ovqat, Toshkent texnologiya kollejlarida tayyorlanadi.

O.-o. s. korxonalarida band boʻlgan xodimlar soni 100 ming kishi (2003).

Poʻlat Tursunxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x