YONUVCHI SLANETSIAR

YONUVCHI SLANETSIAR — qagtiq kaustobiolitlar guruhiga mansub foydali qazilma. Tarkibi organik (massasining 10—30 dan 50—70% gachasi sapropel yoki gumussapropel) va mineral (gilli, kremniyli va b.) qismlardan iborat. Quruq haydalganda koʻp miqdorda kimyo mahsulotlari manbai hisoblangan slanes moyi, yonuvchi gazlar va smola suvi olinadi. Yonuvchi slanetsiar s, asosan, kalsit, dolomit, gidroslyudalar, montmorillonit, kaolinit hamda 10—30% organik birikmalardan tuzilgan. Suv koʻkatlari va gumuslarning miqdoriga qarab sapropelitli hamda gumitsapropelitlilarga boʻlinadi. Sapropelitli Yonuvchi slanetsiar gumitsapropelitlilardan tarkibida vodorodning koʻpligi (8—10%) va gumin kislotalarning kamligi (0,5%) bilan farq qiladi. Smola 30% gacha boʻladi va issiklik berish quvvati 3500—4000 kkal/kg gacha. Yonuvchi slanetsiar s hosil boʻlishiga koʻra dengiz, laguna va koʻl sapropelitlariga boʻlinadi, tarkibiga qarab esa gil, karbonat, kremniyli boʻlishi mumkin. Yonuvchi slanetsiar paleozoy, mezozoy va kaynozoyning hamma geologik sistemalari yotqiziklarida mavjud. Tektonik jihatdan qaraganda Yonuvchi slanetsiar asosan platformalarda, kamroq geosinklinal oblastlarda tarqalgan. Yer sharida Yonuvchi slanetsiarning umumiy potensial resurslari 450 trln. t deb baholanadi, shundan 431 trln. t. A K Shlya. Oʻzbekistonda Yonuvchi slanetsiar Boysun va Yakkabogʻda topilgan. Eng yirik konlari Estoniya, Belorussiya, Rossiya (shimgʻarbi), Ukraina (Boltish), Qozogʻiston, AQSH (Kolorado, Yuta, Vayoming), Kanada, Xitoy, Braziliya, Angliya va b. davlatlarda bor. Yo. sdan sanoatda moy va gaz olishda qamda qattiq yoqilgʻi sifatida, slanesli smolalardan kimyoviy xom ashyo (fenol, plastifikator, ixtiol va b. olinadi), chiqindisi (kuli)dan qurilish materiali (sement va b.) sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x