RASHT

RASHT — ilk oʻrta asrlarda Tojikistonning Garm viloyati hududida joylashgan shahar va viloyat (6—14-a. lar). Termizdan 60 farsax masofada boʻlgan. 8-a. oxirida barmakiylar avlodi Fadl ibn Yahyo (Xolid ibn Barmak nabirasi) Rashtda, turkiylar bilan chegaradosh yerda, mustahkam devor va darvoza qurdirgan. Rasht shahri hoz. Garm sh. oʻrnida boʻlgan. Rashtga qoʻshni Xat qishlogʻidan ilk oʻrta asrlarga oid tangalar xazinasi topilgan, ularning ichida 630-y. ga oid Vizantiya imperatorining surati tushirilgan oltin tanga va 7 — 8-a. boshiga oid xitoy koʻzgusi bor. Bu topilmalar Rasht orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtganligidan va u yunonbaqtriya davrida ham mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. 10-a. da Rashtda zarbxona boʻlib, unda somoniylarning dirhamlari chiqarilgan. Bu esa Rasht atrofida kumush konlari boʻlganligini bildiradi. V. Bartoldnit fikriga koʻra, Rasht viloyati 15-a. dan boshlab Qorategin deb atala boshlagan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x