FUNKSIONALIZM

FUNKSIONALIZM — 20-a. meʼmorligidagi bino va inshootlarning maishiy ehtiyojlar, i. ch. talablariga javob beradigan qilib qurishni talab etuvchi yoʻnalish. Funksionalizm qurilish texnikasi yutuqlaridan keng foydalandi, yangicha loyhalash usullariga eʼtibor qaratdi.

Funksionalizm 20-a. boshida paydo boʻldi. Asoschilari — amerikalik meʼmor L. G. Salliven va Funksionalizm Rayt. F. ratsionalizm tarafdorlari boʻlgan Gʻarbiy Yevropa meʼmorlari tomonidan qoʻllabquvvatlandi, kridalari Fransiyada Le Korbyuzye, Germaniyada meʼmorlar V. Gropius, L. Mis van der Roe, X. Meyer va b. tomonidan rivojlantiriddi va targʻib qilindi. F. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Yaponiyada keng tarqalib, «xalqaro uslub»ga aylandi.

«Funksionalizm» atamasi ilk bor shvetsiyalik meʼmorlik nazariyotchisi 3. Gidion tomonidan qoʻllangan. 1930-y. lardan Finlyandiya (A. Aalto va b.), Shvetsiya (S. Markelius va b.)da Funksionalizmga asoslangan mamlakatning milliy xususiyatlariga moslashtirilgan usullar ishlab chikildi. 2 jahon urushidan keyin 1939—45 ylarda vayron boʻlgan shaharlarni tiklaщsa Funksionalizm taʼsiri kayta jonlandi, birok «xalqaro uslub» butunlay barham topdi. Funksionalizmning asosiy talablariga brutalizm, neoklassitsizm tarafdorlari qarshi chiqdi.

Zamonaviy meʼmorlik nazariyasida Funksionalizm ustalarining merosi (asosan, 1930y. lar meʼmorligi bilan bogʻliq boʻlgan tamoyillar)ni diqqat bilan oʻrganish anʼanalari ustunlik qiladi, ayni bir paytda Funksionalizm tarafdorlarining ijtimoiy utopik (meʼmorlik yordamida jamiyatni oʻzgartirishga umid kilgan) qarashlari tanqid qilindi.

Ad.: Gropius V., Granisы arxitekturы, [per. s nem. ], M., 1971; Vsemirnaya istoriya arxitekturы, t. 11, M., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x