OQSIL MINIMUMI

OQSIL MINIMUMI — organizmda azot muvozanati saqlanishi uchun ovqatda boʻlishi zarur oqsilning eng kam miqdori. Ovqatdagi oqsil Oqsil minimumidan kamayib ketganda organizmning oʻz oqsillari parchalanadi. Oqsil minimumi organizmning individual xususiyatlariga, yoshiga, semizligiga, shuningdek, ovqatdagi uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar va b. sifatiga hamda miqsoriga bogʻliq. Ov-qat ratsionlari tuzish uchun oqsil optimumi (organizm ehtiyojlarini toʻla taʼminlash uchun zarur oqsil miq-dori) asos qilib olinadi. Katta yoshli odamga bir sutkada oʻrta hisob bilan 80 — 100 g (ogʻir jismoniy ishda 150 g) oqsil kerak (yana q. Ossil, Moddalar almashinuvi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x