RANGLI METALLURGIYA

RANGLI METALLURGIYAmetallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni i. ch. hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash b-n shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. P.m. mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari tarmoqning i. ch. majmuini tashkil etadi.

Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va b., baʼzan qimmati jihatdan «asosiy» metallardan ustunroq boʻlgan metallar xam uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.

Oʻzbekistonda P.m. mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-a. ning 30-y. laridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va b.) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va b. topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar i. ch. boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi (q. Oltin sanoati). Mis, qoʻrgʻoshin — pyx i. ch., asosan, OhangaronOlmaliq konsanoat hududida QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq sh. dagi Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar k-ti boʻlib, kt Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956-y. olingan, 1957-y. dan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996-y. dan ktda respublika ehtiyojlarini tula qoplaydigan elektr lampochkalari i. ch. quvvatlari ishga tushirildi.

60-y. lardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan quvvatlar Toshkent sh. da ishlamoqda. Korxonada alyuminiy parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-y. lardan Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar metallurgiyasi ham rivojlanmokda.

Metallurgiya va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun malakali mutaxassislar Toshkent texnika un-tida, 1995-y. da tashkil etilgan Navoiy konchilik in-tida hamda Toshkent kimyotexnologiya in-tida tayyorlanadi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda Rangli metallurgiya monopollashgan sanoat tarmogʻi hisoblanadi. Rangli metallar i. ch. boʻyicha AQSH va Yaponiya oldingi oʻrinlarni egallaydi (yana q. Metallurgiya, «Olmaliq konmetallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati, Navoiy konmetallurgiya kombinati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x