OTLASHUV

OTLASHUV, substantivatsiya — transpozitsiyaning bir turi, boshqa turkumga oid soʻzlarning otga koʻchishi. Sifat, son, ravish, sifatdosh, hara-kat nomi otlashadi, kelishik, egalik va koʻplik affikslarini qabul qilib, ot bajargan sintaktik vazifani ba-jaradi. Otlashgan soʻz predmetning bel-gisini yoki boshqa xususiyatlarini emas, balki uning oʻzini bildiradi va ot javob beradigan soʻroklarning biriga javob boʻlib keladi.

Sifat va sifatdoshlar koʻproq ot xususiyatiga ega. Sifat quyidagi hollarda otlashadi: a) predmet-aniklan-mish tushib qolganda: Koʻr tutganini qoʻymas, kar eshitganini (kar odam, koʻr odam); b) kishi yoki hayvonlarning tabiiy holatini (nuqson, kamchiliklarini) bildiruvchi sifatlar aniqlanmishsiz ot tarzida qoʻllanganda: pakana, choʻloq, maymoq, malla, kal, semiz. Sifatdoshlar otlashganda, otlarga xos sintaktik vazifalarni ba-jaradi: Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim, orlanib soʻramagan oʻziga zolim (maqol). Son abstrakt maʼnoda qoʻllan-sa, u koʻpincha otga yaqin vazifani bajaradi: Oʻnning yarmi besh. Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr mingni yiqar (maqol).

Harakat nomi harakatning bajarilishi va u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼnolarni bildirmaydi, balki hara-katholatning nomini bildiradi. Shu sababli Otlashuv larga xos grammatik koʻrsat-kichlarni qabul qiladi va gapda Otlashuv larga xos vazifalarni bajaradi: oʻtirishga, koʻrishim, yeyishi, yotishda, ketuvini. Otlashgan soʻzlar emotsional — ekspressiv yoki koʻchma maʼno ifodala-shi mumkin: zahar (odam), tilla (bola), shakar (qiz) kabi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x