RAHIMOV Abdurashid Moʻminovich

RAHIMOV Abdurashid Moʻminovich (1945.10.12, Toshkent) — chitgar, Oʻzbekiston xalqustasi (1999). Hunarni otasi usta Abdumoʻmindan oʻrgangan. «Metallremont» k-tida rassom (1962— 79). 1977-y. dan «Usto» birlashmasida chitgar usta. Rahimov ijodida Toshkent matoga gul bosish maktabi anʼanalarini rivojlantirmoqda, mehnat faoliyatida zamonaviy xom ashyolardan foydalanib anʼanaviy uslubda yangi naqsh (gul) mujassamotlarini qoʻllagan holda asarlar (dasturxon, choyshab va b. buyumlar) yaratadi, zamonaviy bichimdagi liboslar uchun gulli matolar tayyorlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x