QURTCHALAR

QURTCHALAR — teng qanotli soʻruvchilarkoksidlar kenja turkumiga mansub hasharotlar bir necha oilasining umumiy nomi. Juda koʻp mum bezlari bor. Orqa qalqoni 1—2 ta lichinkalik teridan iborat boʻlib, mum shimdirilgan. Soxta Qurtchalarning orqa tomoni plastinkasimon mum bilan qoplangan, boshqalari (yostiqchalilar) ning orqa qalqoni xitinlashgan. 2000 ga yaqin turi, asosan, tropik va sub-tropik hududlarda tarqalgan. Qurtchalarning bir yilda 1—4 avlodi rivojlanadi. Lichinkasi va urgʻochisi oʻsimliklarga yopishib oladi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlinmagan, oyoqlari va moʻylovlari reduksiyaga uchragan; ogʻiz organlari 1 juft, oyoqlari orasida joylashgan. Oʻsimliklar shoxi. tanasi, ildizi, baʼzan mevasi va bargiga yopishib olib, shirasini soʻradi. Erkaklari qanotli, harakatchan, oziqlanmaydi. Koʻpchilik Qurtchalar, jumladan, kaliforniya qurtchasi mevali daraxtlar va manza-rali oʻsimliklar zararkunandasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x