LESBOS

LESBOS, Mitilini — Egey dengizidagi orol. Kichik Osiyo ya. o. ning gʻarbiy qirgʻoklari yaqinida, Gretsiya hududi. Mayd. 1636 km2. Aholisi 100 mingdan ortiq. Relyefi togʻli, eng baland joyi 967 m (Olimbos togʻi). Foydali qazilmalardan marganes, qoʻrgʻoshin va xrom rudalari, barit, marmar olinadi. Mineral buloklar bor. Oʻrta dengiz boʻyi tipidagi oʻsimliklar usadi, togʻlar qaragʻayzorlar bilan qoplangan. Zaytun daraxti plantatsiyalari mavjud, shuningdek, uzum, sitrus mevalar, anjir va b. yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Bosh shahri va porti — Mitilini. Lesbos yunon madaniyati markazlaridan biri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x