ISHKOM

ISHKOM — toklarni koʻtarib oʻstirish uchun poya va bagʻazlardan qurilgan arksimon soʻri. Toshkent vohasi va Fargʻona vodiysida koʻp qoʻllanadi. Ishkom uchun, asosan, 2—3 yillik toʻgʻri oʻsgan, yoʻgʻonligi 8—10 sm, 5—6 m uzunlikdagi qora tol novdasidan poya tayyorlanadi (poyalar poʻstlogʻi shilib tashlanadi). Poyalar tok qatorlarining har ikki tomoniga tupidan 0,5 m qochirib har 1 — 1,5 m oraliqda yerga qadab chiqiladi (poyalar bilan toklar oʻrtasida 50-50 sm oraliq qoldiriladi). Ikkala tomondagi poyalar egilib, uchlari bir-biriga chalkashtirib bogʻlanadi. Ishkomning bal. 2,5—3 m. Yerga qadalgan poyalarga koʻndalangiga yoʻgʻonligi 4—5 sm boʻlgan tol xodalaridan 50—70 sm oraliqda 4—5 qator bagʻaz bogʻlab chiqiladi. Na-tijada yoysimon Ishkom hosil boʻladi. Bunda ikkita Ishkom oraligʻida joylashgan tok novdalarining yarmi bir tomonga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga taralib, bagʻazlarga bogʻlanadi. Ishkomga koʻtarilgan toklarni parvarish qilishda mexani-zatsiyadan toʻla foydalanib boʻlmaydi, har 3—4 yilda Ishkomni yangilab turishga toʻgʻri keladi. Uni qurish va har yili taʼmirlash uchun koʻplab mehnat va ash-yolar sarflanadi. Shuning uchun koʻproq voish deb ataluvchi takomillashgan usuldan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x