QUVAQOV

QUVAQOV Masharip (1938.13.5 – Xoning umumiy razm viloyati, Bogʻot tumani Beshariq koʻrinishi. qishlogʻi — 2002.2.1) — q. x. novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1994). Toshkent xalq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1966). Mehnat faoliyatini 1955-y. dan Bogʻot tumanidagi Narimanov (keyinchalik Iskandar Doʻsov nomidagi) jamoa xoʻjaligida hisobchi vazifasidan boshlagan. Shu xoʻjalikda yoshlar tashkiloti yetakchisi, bosh iqtisodchi (1968— 70), «Bogʻot» szi direktori (1974—86), Xorazm viloyati agrosanoat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari (1986— 91). 1991-y. dan «Bogʻot» (hoz. M. Quvaqov nomidagi) shirkat xoʻjaligi boshqaruvi raisi. Quvaqov rahbarlik qilgan xoʻjalik uzoq yillar davomida paxta, sholi va bugʻdoydan yuqori hosil yetishtirishga erishdi. Xoʻjalikda sugʻoriladigan yerlar 3000 gektarga yetkazildi. Sholidan 1999-y. da 50 s/ga, bugʻdoydan 65 s/ ga, paxtadan 32,3 s/ga hosil olindi. Xoʻjalikda respublikada birinchi boʻlib kuzgi bugʻdoydan boʻshagan maydonlarga sholi niholini oʻtqazib ekish usuli muvaffaqiyatli joriy qilindi.

Shirkat xoʻjaligi markaziy qoʻrgʻonida byusti oʻrnatilgan (2004).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x