QOQI

QOQI (fors-toj. — quritilgan) — ayrim oziq-ovqat maqsulotlarini uzoq muddat saqlash usullaridan biri; quritilgan sabzavotlar, meva, qovun, goʻsht, non va b. Olma, nok, shaftoli, oʻrik kabi mevalar Qoqi qilishdan oldin yuviladi, olma, nok bir necha parrakka, danakli mevalar oʻrtasidan ikkiga boʻlinadi, urugʻi (danagi)dan tozalanadi va xirmonda oftobda yoki maxsus elektr quritgichlarda quritiladi. Pomidorni par-raklab (tuz sepiladi) yoki 2 boʻlib, baqlajonni uzunasiga 4 ga boʻlib Qoqi qilish mumkin. Kanop, qogʻoz qoplarda, qutilarda salqin joyda saqlanadi. Qish faslida isteʼmol qilinadi, kompotlar tayyorlanadi, ivi-tib ovqatga ishlatiladi yoki sabza-vot Qoqi laridan salatlar tayyorlanadi (q. Qovunqoqi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x