QIRGʻIZ TIZMASI

QIRGʻIZ TIZMASI — Shimoliy Tyanshandagi tizma. Asosan, Qirgʻiziston hududida joylashgan. Uning gʻarbiy qismining shim. yon bagʻri Qozogʻiston Respublikasi hududida. Uz. 380 km. Kenglik boʻylab gʻarbda Taroz sh. dan, sharkda Chu daryosining Boʻoʻm darasigacha choʻzilgan. Eng baland joyi 4857 m (Gʻarbiy Alamuddin choʻqqisi). Qirgʻiz tizmasi kaledon burmalanishi davrida shakllangan va yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan antiklinoriy. Paleozoy davri granit, granodiorit, porfirit, ohaktosh, konglomerat, qumtosh kabi jinslaridan tuzilgan. Shim. yon bagʻri qiya, jan. da Chu vodiysini oʻz ichiga olgan. Yon bagʻirlarida 2500 m gacha dasht, oʻrmonlar (qoraqaragʻay, archa), undan yuqoriroqda sub-alp oʻtloqlari bor. 3700 m balandlikdan qor va muzliklar boshlanadi (muzliklarning umumiy mayd. 223 km2). Tizmada Chu vodiysining Markaziy Tyanshan va Jan. Qirgʻizistonni bogʻlovchi bir necha dovon (Tyos-Ashuu, bal. 3586 m, Shamsi. bal. 3570 m va b.) mavjud. TyosAshuu dovonidan Bishkek va Oʻsh sh. larini bogʻlovchi avtomobil yoʻli oʻtgan. Termal buloqlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x