MINGYILQI TIZMASI

MINGYILQI TIZMASIChatqol togʻlari tarkibidagi (Toshkent viloyati) tizma. Qoraarcha, Katta Maydontol, Berkota, Nurakota soylari havzalarida joylashgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Uz. 10 km. Eng baland joyi (Qoraungur togʻi) 2942 m. Tizmada uchta balandlik: Qoraungur (2942m), Jar (2936 m) va nomsiz (2842 m) yaqqol ifodalangan. Mingyilqi tizmasi oʻrtacha, baʼzi joylarda kuchli parchalangan. Suv-ayirgʻich qismi esa kam parchalangan. Yalangʻoch qoyali qirralar uncha yaxshi ifodalanmagan. Shim. da Katta Chimyon (3309 m) togʻiga tutashib ketadi. Mingyilqi tizmasi quyi karbon davrining metamorfik va choʻkindi jinslaridan tashkil topgan. Quyi qismida jigarrang tuproklarda siyrak archazorlar b-n turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar uchraydi. 2600—2800 m balandlikda subalp oʻtloqlari mavjud. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yaylovlarning oʻrtacha mahsuldorligi gektariga 6—10 s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x