QARSHI

QARSHI (1926 37 yillarda Behbudiy) — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926-yildan), viloyat markazi (1943-yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Mayd. 7,5 ming ga. Aholisi 220 ming kishi (2005). Q. Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, 14-asrdan Qarshi deb atala boshlagan.

«Qarshi» nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V. V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan «Qarshi» (qad. turkiychada «saroy» maʼnosini anglatgan) bilan bogliq deb taʼkidlaydi. «Qutadgʻu bilig» («Saodatga yoʻllovchi bilim») dostonida «Qarshi» atamasi «saroy» va «qarama-qarshi turish» maʼnosida qoʻllangan. «Boburnoma»da ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning «qarshi» — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida «Naxshab» (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan mil. av. 7-asrda Yerqoʻrgʻon oʻrnida vujudga kelib, uning atrofi qalʼa devori bilan oʻrab olingan (ushbu qalʼa devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999-yil da oʻrganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Mil. av. 6-asrda shahar kengayib, ichki devor bilan oʻralib (hoz. saqlangan), mayd. 35 ga ni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Mil. av. 3—2-asrlarda shahar tashqi qalʼa devori bilan oʻralgan (mayd. 150 ga boʻlgan). 2—1-asrlarda (hoz. temir yoʻl stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan ZahhokiMoron qalʼasi bunyod etildi. Bu qalʼa ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hoz. Shulluktepa deb ataladi). Kidariylar oʻz qarorgohini 468-yil da yangi Naxshabga koʻchirdilar. 710-yil da arablar shahar (Naxshab arabcha talaffuzda «Nasaf») va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. 9—13-asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. 10-asrda Nasafda oʻsha davr musulmon olamida ilmiy kongress — «majlisi tadris» oʻtkazilgan. Oʻrta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bogʻlagan muhim karvon yoʻllari oʻtgan, savdohunarmandchilik rivojlangan.

1220-yil da Nasafni Chingizxon qoʻshinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (14-asrda) voha markazi 3marta hoz. Qarshi shahrining eski shahar qismi oʻrnida qayta tiklandi. Chigʻatoy ulusi xoni Kepakxon (131826) Nasafdan 2 farsax (12 — 14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan bu qalʼaga koʻchirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Qarshida 14-asr ning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.14-asr ning 2-yarmida shahar qoʻrgʻoni atrofi gʻisht va paxsa devor bilan oʻralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qalʼa atrofida 2,5—3 m chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaqustida4taqoʻtarma qoʻprik boʻlgan. Shaxar qoʻrgoni hududi 40 ga ni tashkil etgan. 16-asrda shahar yaqinida yirik Namozgoh masjidi (hoz. meʼmoriy yodgorlik), hammom binolari qadimiy koʻtargan. Ashtarxoniylar davridan Qarshi Buxoro taxti merosxoʻrlari turadigan joyga aylandi. Imomqulixon davrida (1614—15 yillarda) Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal chiqarilgan. 17—18-asrlarda Q. Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi. Qarshi 16-asrdan 20-asr boshlarigacha Buxoro xonligi (amirligi)ning Qarshi bekligi nufuzli markazi boʻlgan. Hunarmandchilik rivojlangan, pul zarb qilingan. Mangʻitiylar davrida Qarshida hammom, madrasa, xonaqoh, sardoba va sugʻorish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. Vengriyalik olim Xerman Vamberi 1863-yil da Qarshida boʻlib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor boʻlganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi oʻzbeklar deb taʼkidlaydi. Paxta tozalash, yogʻekstraksiya, sut, pivo, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zdlari, goʻsht va un ktlari, tikuvchilik f-kasi, qurilish materiallari, t. yil transporti, toʻqimachilik korxonalagsh bor. 7 qoʻshma korxona, jumladan Uzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Tuksiz gilamlar (paloslar) ishlab chiqariladi. «Yerqoʻrgʻon» ulgurji, «Osiyo» qurilish, «Farhod» xoʻjalik mollari bozorlari va boshqalar mavjud. Qarshi davlat unti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot inti, tibbiyot, ped. va boshqalar jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litseyinternat, 2 gimnaziya, 44 umumiy taʼlim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri va boshqalar), viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 5 klub, 3 madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriyapoliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Q — Toshkent, Qarshi — Samarqand, Q — Buxoro va boshqalar yoʻnalishlarda xamda tuman markazlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Q — Andijon, Q — Toshkent yoʻnalishlaridagi havo yoʻllarida samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Qarshida Koʻkgumbaz masjidi (16-asr), qadimiy hammom (16-asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy koʻprik (1583), Sharofboy madrasasi (18-asr boshlarida), Charmgar masjidi (19-asr oʻrtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (19a), Qilichbek madrasasi (19-asr) va boshqalar meʼmoriy obidalar saklanib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentyabrdagi «Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida»gi qarori va Uzbekiston Resggublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi «Qarshi shahrining 2700-yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar meʼmoriy obidalar taʼmirlandi. Shaharda «Nasaf», «Geolog» sport majmualari, tennis korti, yopiq choʻmilish havzasi, sportsogʻlomlashtirish inshootlari, 20 ming oʻrinlik stadion, Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilmoqda. Viloyat teleradiokompaniyasi, Qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televideniyelari ishlab turibdi. 1999 ydan «Nasaf» shahar gaz. chiqariladi.

Qarshidan «Nasafiy» taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning «Majolis unnafois» asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.

Obod Joʻrakulov, Latif Erdonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x